So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  1 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

Prevyu. A Seriya: Italiya derbisi yoxud "Yuventus" - "Inter" qarama-qarshligi! Yangiliklar

Prevyu. A Seriya: Italiya derbisi yoxud "Yuventus" - "Inter" qarama-qarshligi!

Italiya futboli shinavandalari uchun yaqindagina MTRK ajoyib yangilikni tuhfa etdi.


MTRKning "Sport" telekanali yana jahon futboli translyaciyasini boshlash arafasida.

Ilk translyaciyaning o'ziyoq katta jarang soladi.

A Seriya "Sport" kanaliga "Yuventus" - "Inter" uchrashuvi bilan qaytmoqda. Dahshatli "kambek".

A Seriya karvonboshchisi "Yuventus" bu turda "Inter"ni o'z uyida mehmon qiladi.
Bu jamoalarning birinchi davradagi bahsida "neradzurrilar" irodali g'alabani qo'lga kiritishgandi.
"Yuventus" futbolchisi Lixtshtaynerning goliga "Inter"dan Ikari va Perishich javob qaytarishni uddalashgandi.

O'sha bellashuvdan keyin ko'p narsa o'zgardi.
"Inter"ning bosh qo'mondoni Frank de Bur barqarorsizlik tufayli istefoga ketdi. Jamoaga Stefano Pioli taklif etildi. "Inter" inqirozga yuz tutdi va keyinchalik o'zini o'nglab oldi. Jamoa turnir jadvali o'rtalarida yurgan davrlar ham bo'ldi va hozirda Pioli jamoasi bir qator muvaffaqiyatli o'yinlardan so'ng yana tepalikka chiqishga muvaffaq bo'ldi. Ayni paytda "Inter" to'rtinchi pog'onada bormoqda. Mavsumning ilk qismini maqtanarli darajada o'tkazgan "Milan"dan ham uzib ketishga erishgan "qo'shnilar"ning yangi bosh murabbiyi Pioliga bu borada tasanno deyish mumkin.
"Inter" 9 o'yinlik g'alabali odimga o'tgan turda chek qo'ydi. Aniqrog'i, "Inter" kutilmaganda o'z maydonida "Lacio"ga yutqazib qo'ydi. Qizig'i, "Inter" z uyida hali biror marta ham mag'lubiyatga uchramay kelayotgandi. Ammo rimliklar "neradzurrilar"ning ushbu yoqimli ananasiga nuqta qo'yishni uddalashdi.

Bu esa "Inter"ga juda muhim va markaziy uchrashuv oldidan ruhiy taraflama to'sqinlik qilishi mumkin. CHunki jamoa ajoyib kayfiyat bilan mavsumni davom ettirayotgan bir pallada "Lacio"dan uchralgan mag'lubiyat Italiya derbisi oldidan ruhiy ustunlikni "Yuventus"ga berib qo'ydi.

Pioli "Inter"ga kelganidan so'ng jamoaning taktik sxemasini o'zgartirgani yo'q. "Inter" o'sha 4-2-3-1da o'ynamoqda.

Qizig'i, "Yuventus" ham aynan shu taktik sxemadan foydalanmoqda. Allegri jamoa "Fiorentina"dan
yutqazganidan keyin taktik sxemani o'zgartirishga qaror qildi. "Yuventus" ham "Inter" kabi 4-2-3-1 taktik sxemaga o'tganidan buyon uchta uchrashuvning barchasida g'alaba qozondi.
Bu taktik sxemaning Allegriga yana bir qo'l kelayotgan tomoni shundaki, murabbiy asosiy tarkibga bir vaqtning o'zida uchta hujumchisini maydonga tushirmoqda. Manjukich o'ng qanot hujumchisi rolida, Iguain markaziy hujumchi, Kuadrado chapda va hujumchi ortida Dibala. Markaziya yarim himoya dueti esa Pyanich va Xedira bilan to'ldirilmoqda. SHuningdek, himoyada ham o'zgarishlar yuzaga kelgan. Yani "Yuventus" ananaviy tarzda uchta markaziya himoyachi bilan harakatlanmaydi. CHap qanotda Aleks Sandro, markazda Kellini hamda Bonuchchi, o'ng qanotda esa Lixtshtayner.
"Yuventus" himoyasining asosiy figuralaridan biri sanalgan Andrea Barcalining maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Futbolchi o'yin oldidan bo'lib o'tgan mashg'ulotda biroz shamollab qolgani tufayli ishtirok eta olmagan. Bu jihat ham Allegrina "Inter" bilan o'yinda o'sha muvaffaqiyat keltirayotgan taktik sxemasida o'ynashga turtki berishi mumkin. CHunki "Yuventus" uch markaziy himoyachi bilan o'ynaydigan bo'lsa, unda Barcalining o'rni juda muhim bo'ladi. Birinchi davradagi bahsda aynan Barcalining yo'qligi ham turinliklarga pand bergandi.
Katta ehtimol bilan bugun Italiya derbisida har ikkala jamoa 4-2-3-1 taktik sxemasi asosiyda maydonga tushishadi. Qaysi jamoa bu taktik uslubdan unumli foydalana oladi? Bu savolga tunda bo'lib o'tadigan fantastik matchdan javob izlaymiz.

Turinda bo'lib o'tadigan kechani jozibasini va uchrashuv taqdirini katta ehtimol bilan argentinaliklar hal etishlari mumkin.
"Yuventus"ning hozirgi kundagi asosiy figuralari hisoblangan Dibala va Iguain argentinalik. "Inter"da ham holat shunday. Jamoa to'purari va assistenti Mauro Ikardi Argentinadan. Aynan shu futbolchilarning harakatlari bugungi kechani qanday o'tishini belgilab beradi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

"Inter" tarkibiga yaqinda kelib qo'shilgan Roberto Galyardini maydon markazining etakchisiga aylanib bormoqda. Kondogbia esa o'yindan-O'yinga kuchayib, o'sishga erishayotgani sezilib turibdi. Joa Mariu ko'proq hujumga yaqin o'ynamoqda va Ikardiga yaxshi ko'makchi bo'lmoqda.

O'yin Turinda o'tayotgani, "Yuventus" bu bahsda favorit nomi bilan o'ynayotganidan tashqari, Allegri shogirdlari o'zlari uchun yangi bo'lgan taktik sxemada raqiblarini birinchi bo'limdayoq qiyin vaziyatga tushirib qo'yshimoqda. Buni to'g'ri anglagan Pioli dastlabki daqiqalarda ehtiyotkorlikni ikki hissa oshirib o'ynashlari kerakligini alohida takidladi. "Inter"ning bu uchrashuvdagi asosiy vazifasi tezkor gol o'tkazib yubormaslik.

Allegri "Inter"ning hujum chizig'idagi potencialini maqtashni unutmadi.

"Inter" "Yuventus"ning o'z maydonidagi davom etib kelayotgan 27 o'yinlik g'alabali seriyasiga barham bermoqchi. Bu ularning qo'llaridan kelishi mumkin, agarda "Inter" Turinda o'zining ushbu mavsumdagi eng yaxshi uchrashuvini o'tkaza olsa...


O'zaro o'yinlardagi fakt:
Ushbu jamoalar jami 173 marotaba o'zaro duch kelishgan. "Yuventus" o'tkazilgan 80 o'yinda g'alaba qozongan, "Inter" esa 48 bahsda raqibidan ustun kelgan. Qolgan 45 uchrashuv durang bilan tugagan. To'plar nisbati: 245-202, "Yuve" foydasiga.

"Yuventus"ning "Inter" ustidan qozongan eg yirik g'alabasi 9:1 bo'lgan. Aksincha "Inter"ning eng yirik g'alabasi esa 6:0.

Italiya Derbisi maqomiga ega qiymati yuqori bo'lgan uchrashuvni boshqarish Nikola Riccoliga ishonib topshirilgan.

Italiya chempionatining 23-turidan o'rin olgan yana bir qator uchrashuvlar bugun bo'lib o'tadi.

Kecha A Seriyaning 23-turi doirasidagi ilk o'yini o'tkazildi. Unda "Napoli" mehmonda "Bolonya"ni tor-mor etdi.

A Seriya, 23-tur. Turnir jadvali
Bugun.
"Milan" - "Sampdoriya" (16:30) (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)
"Jenoa" - "Sassuolo" (19:00)
"Empoli" - "Torino" (19:00)
"Kevo" - "Udineze" (19:00)
"Peskara" - "Lacio" (19:00) (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)
"Atalanta" - "Kalyari" (19:00)
"Palermo" - "Krotone" (22:00)
"Yuventus" - "Inter" (00:45) (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)

7 fevral, seshanba.
"Roma" - "Fiorentina" (00:45)

"Yuventus-stedium"da bo'ladigan jangni o'tkazib yubormang. Uchrashuvni "Sport" kanali yoki  (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX) orqali tomosha qiling.


Senor ITALYAN

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика