Premer-ligada dekabrning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ldi?
Aslanov Jasurbek
12 yanv 2018, 16:09
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti dekabr oyining eng yaxshi futbolchisini e'lon qildi.
Dekabrdagi 6ta o'yinda 8ta gol urgan "Tottenxem" forvardi Garri Keyn APL sovriniga ega chiqdi. Hujumchi oltinchi marotaba Premer-liganing eng yaxshi futbolchisi bo'ldi va bu ko'rsatkich bo'yicha rekordchi Stiven Jerrardga yetib oldi.