Predrag Vuyovich: “O'ynashga ruxsat berishlarini kutyapman”
05 avg 2015 15:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/178687_original.jpg)
![](/upload/storage/178687_220.jpg)
Predrag Vuyovich: “O'ynashga ruxsat berishlarini kutyapman”
“Burgutlar”ning 2 avgust kuni “Nasaf”ga qarshi kechgan bahsida bolqonlik legioner maydonga tusha olmadi. Bu esa muxlislar orasida turli gap-so'zlarni chiqardi. Futbolchining tibbiy ko'rikdan o'ta olmaganini bilgan-bildi, bilmagan boshqacha tushundi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Vuyovichning o'zi bilan bog'langanimizda quyidagilarni malum qildi.
- Meni Toshkentda qol deyishgani uchun ayni damda shu erdaman. Tibbiy ko'rigidan o'tgandim. Ammo negadir o'ynashga ruxsat berishmadi. Toshkentda uzd tekshiruvidan o'tdim. Aytish kerakki, barchasi joyida. Natijalar yaxshi chiqdi. SHifokorlar hech nima deyishmayapti, shunchaki tushunarsiz. Ko'ramiz, ushbu masala bir necha kundan so'ng oydinlashar – deydi Predrag “championat.asia” saytiga bergan intervyusida.
Islombek Rustambekov
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar