Pranker o'yindan oldin MYU kiyinish xonasiga eshitish moslamasi o'rnatdi
12 okt 2024 17:26
Yangiliklar


Pranker o'yindan oldin MYU kiyinish xonasiga eshitish moslamasi o'rnatdi
Pranker "Aston Villa"ga qarshi bahsdanavval MYU kiyinish xonasiga eshitish moslamasini o'rnatib qo'ydi.
APLning 7-turidan o'rin olgan bahs 0:0 hisobida yakun topdi.
Prankerning aytishicha, u "Villa Park" stadioni xodimlarini aldab, o'yindan ikki kun avval mehmonlar (MYU) kiyinish xonasiga eshitish uskunasini o'rnatgan.
Malumotlarga ko'ra, u telefon qo'ng'irog'i orqali mikrofonni ishga tushirish mumkin bo'lgan mobil qurilmadan foydalangan.
Aytilishicha, pranker o'yindan bir kun o'tib uskunasini olib ketgan. Sun nashri ovozlarni eshitib ko'rdi, ammo ularni ommaga taqdim qilishni xohlamadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar