Potter: "Zalcburg" – juda kuchli jamoa"
25 okt 2022 13:47
Yangiliklar


Potter: "Zalcburg" – juda kuchli jamoa"
"CHelsi" bosh murabbiyi Grem Potter CHempionlar Ligasi doirasidagi "Zalcburg"ga qarshi o'yindan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men CHempionlar Ligasini yuqori darajadagi o'yinlarga boy, juda raqobatbardosh, qiziqarli musobaqa sifatida ko'raman. Bizda ulardan uchtasi bor edi. Yana bir qiyin o'yin bo'lishini kutyapmiz. "Zalcburg" – juda kuchli jamoa. Biz uning darajasini "Stemford Brij"da ko'rdik. Bizni keskin kurash kutmoqda", – dedi Potter.
"CHelsi" "E" guruhida 7 ochko bilan birinchi, "Zalcburg" 6 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
"Zalcburg" – "CHelsi" uchrashuvi bugun, 25 oktyabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar