Portugaliya terma jamoasi vingeri APL va Bundesligadan tushgan takliflarni rad etib, "Yuventus" safini to'ldirdi
27 avg 15:41
Yangiliklar
Portugaliya terma jamoasi vingeri APL va Bundesligadan tushgan takliflarni rad etib, "Yuventus" safini to'ldirdi
Portugaliya terma jamoasi vingeri Fransishku Konseysau joriy mavsum yakuniga qadar Turinning "Yuventus" klubi sharafini himoya qiladi.
Avvalroq OAVda "Portu"dan ijaraga olingan futbolchi shartnomasida majburiy sotib olish varianti mavjud emasligi haqida xabarlar tarqalgandi. SHuningdek, unga "Vulverxempton" (Angliya) va "Leypcig" (Germaniya) tomonidan qiziqish bo'lgandi.
21 yoshli futbolchining "Portu" bilan kelishuvi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali uni 22 mln evroga baholamoqda.
Konseysau o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 43 o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar