Portugaliya Evropa chempionatida guruhda g'alaba qozonmay pley-offga chiqqan ilk jamoa
23 iyu 2016 08:43
Yangiliklar
Portugaliya Evropa chempionatida guruhda g'alaba qozonmay pley-offga chiqqan ilk jamoa
Portugaliya EVRO-2016 "F" guruhida uchinchi o'rinni olib 1/8 finalga yo'l oldi.
Bu jamoa guruhdagi barcha uchta o'yinni ham durang bilan yakunladi. SHunday qilib Portugaliya Evropa chempionatlari tarixida guruhda umuman g'alaba qozona olmay pley-offga chiqqan dastlabki jamoaga aylandi.
Opta Sports nashri xabariga ko'ra, Portugaliya uchta o'yinda umumiy 19 daqiqa davomida hisobda oldinda borgan.
Fikrlar