Portugaliya chempionatida yangi yulduz paydo bo'lmoqda
03 jan 2021 13:38
Yangiliklar


Portugaliya chempionatida yangi yulduz paydo bo'lmoqda
Kecha Portugaliya chempionatining 12-turidan o'rin olgan dastlabki o'yin bo'lib o'tdi.
Unda chempionat peshqadami "Sporting" klubi musobaqa jadvalila 4-o'rinda borayotgan "Braga"ni qabul qildi.
Uchrashuvning 54-daqiqasida hisobni mezbonlar yarim himoyachisi Pedru Gonsalvesh ochdi. 1998 yilda tug'ilgan futbolchi bu mavsum Portugaliya chempionatida 11ta o'yinda 11ta gol urishga erishdi. Ayni paytda aynan Gonsalvesh mamlakat chempionatida to'purar bo'lib turibdi.
78-daqiqada Gonsalveshning o'rniga zaxiradan maydonga tushgan Mateus Nunes o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi - 2:0.
"Sporting" navbatdagi g'alabadan so'ng o'z ochkolarini 32taga etkazib oldi va peshqadamlikni yanada mustahkamlab oldi.
Portugaliya chempionati. Musobaqa jadvali
Sporting - Braga - 2:0 (0:0)
Gollar: Gonsalvesh, 54 (1:0). Nunes, 78 (2:0).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar