Portugaliya chempionatida futbolchiga oq kartochka ko'rsatildi
18 okt 2023 18:13
Yangiliklar
Portugaliya chempionatida futbolchiga oq kartochka ko'rsatildi
Portugaliya beshinchi ligasidan o'rin olgan "Uniao" – "Alkokovense" uchrashuvida hakam futbolchiga oq kartochka berdi.
O'yin davomida "Alkokovense" himoyachisi to'satdan jarohat olib, maydonda yotib qoldi. To'pni egallab olgan "Uniao"ning kabo-verdilik chan qanot vingeri Roberto Karlos esa hujumni davom ettirmasdan, koptokni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
SHundan so'ng hakam Roberto Karlos qarshisiga borib, unga oq kartochka ko'rsatdi, tomoshabinlar esa futbolchini olqishladi.
Portugaliya Futbol Federaciyasi hakamlar uchun oq kartochkani joriy qilgan yagona mamlakat hisoblanadi. Kartochka hakam tomonidan sportga xos etirofga sazovor xatti-harakatlar uchun ko'rsatiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar