So’nggi yangiliklar

12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  0 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  0 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  44 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  9 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7

Polshalik to'purar Levandovski haqida odamlar nima deydi? Yangiliklar

Polshalik to'purar Levandovski haqida odamlar nima deydi?

Jahon chempionatiga boradigan har bir jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yishi bor gap.

Polsha terma jamoasi ham bu yilgi mundialdan ko'p narsa kutyapti. JCH-2018 saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazgan Polsha o'z guruhida Senegal, Yaponiya va Kolumbiyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoa hujumchisi Robert Levandovski saralash o'yinlarida evropalik futbolchilar orasida eng ko'p gol urgan hujumchi bo'ldi. U 16ta goli bilan bu borada portugaliyalik Ronalduni ortda qoldirdi.

Statistika bo'yicha JCH saralash o'yinlarida Polsha kiritgan gollarning 64 foizi aynan Levandovskiga tegishli bo'ldi. SHu bois ham polshaliklar ustozi Adam Navalka "Bavariya" hujumchisini jamoa uchun o'ta muhim hujumchi deb atadi. Xo'sh, Robert qanday saviyadagi futbolchi? U shunchalik kuchlimi? FIFA rasmi sayti bu haqda bir nechta kishiga murojaat qildi.

- "Men har doim uni o'ziga xos hujumchi deb ataganman. U xuddi Zlatan Ibragimovichga o'xshaydi. CHunki ikkalasi ham yo'q joydan gol uradi. Levandovski ruhan kuchli o'yinchi. U to'pni sheriklaridan qizg'anmaydi. U buyuk futbolchi". (Leo Beenxaker, Levandovskini terma jamoada ilk bor o'ynatgan murabbiy)

- "Unda hujumchiga kerakli barcha xislatlar mavjud. U jismonan kuchli, hujumlarni gol bilan yakunlay oladi. U shuningdek, yarim himoyada ham o'ynay oladi. U maydon markazidayoq to'pni qabul qilib chiroyli hujum boshlashi mumkin. To'p uning o'rtog'i". (Yurgen Klopp, Levandovskini "Borussiya D"ga olib kelgan murabbiy)

- "U men ko'rgan hujumchilar orasida eng professionali. U uxlayotganida ham tushida futbolni ko'radi. SHuningdek, 24 soat ishlashdan qochmaydi. U har doim hujumning eng qaynoq nuqtasida bo'ladi". (Pep Gvardiola, Levandovskining "Bavariya"dagi sobiq ustozi)

- "U jahondagi eng kuchli hujumchi. Robert har doim rivojlanib boradi. Uni to'xtatib qolish imkonsiz. U shubhasiz jamoamizning yuragi". (Adam Navalka, Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi)

- "U har qanday holatda to'p kirita oladi. Bu uning eng katta ustun tomoni". (Yupp Xaynkess, "Bavariya" bosh murabbiyi)

- "U nafaqat hujumda o'ynab gol uradi, balki jamoaviy harakatlarda ham ajralib turadi. Robert "qo'rqinchli" hujumchi va u bilan o'ynash maroqli". (Aren Robben, "Bavariya"dagi jamoadoshi)

- "Levandovski men uchun eng yaxshi o'rnak. Men u maydonga tushgan bahslarni muntazam kuzatib boraman. Hujumchi sifatida undan ko'p narsa o'rganganman". (Alvaro Morata, "CHelsi" hujumchisi)

- "Levandovski 9-raqamli futbolchilar orasida eng kuchlisi. U tezkor. Unda texnika va harakat baland. Bosh bilan o'ynashi ham zo'r. U ikkala oyoqda ham to'p kirita oladi. U jarima maydonchasi ichida to'pni kutib o'tirmaydi, balki o'zi harakat qiladi. U har mavsum 25-30ta gol uradi". (Lotar Matteus, sobiq futbolchi)

- "Robert Levandovski afsonaviy Gerd Myuller bilan bir xil darajada". (Karl-Xaync Rummenigge, "Bavariya" klubi kengashi raisi)

- "Unda hujumchiga zarur bo'lgan barcha sifatlar mavjud". (Jovanni Elber, "Bavariya" sobiq hujumchisi)

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика