Polsha terma jamoasining yangi bosh murabbiyi nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2018, 16:59
Eji Brjechek Polsha terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi.

47 yoshli mutaxassisning so'nggi ish joyi "Visla" edi.

Brjechek futbolchi sifatida Polsha terma jamoasi safida 42ta o'yin o'tkazib, 4ta gol urgan. Barselonadagi Olimpiada-1992ning kumush medali sohibi hisoblanadi.

Oldinroq, Polsha futbol ittifoqi terma jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Adam Navalka bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilgan edi. Jamoa uning qo'l ostida JCH-2018 guruh bosqichidan chiqa olmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com