So’nggi yangiliklar

23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  4 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1

Pol Skoulz: "Oltin to'p"? Men xatto "Manchester Yunayted"ning kiyinish xonasida ham eng yaxshi bo'lmaganman" Yangiliklar

Pol Skoulz: "Oltin to'p"? Men xatto "Manchester Yunayted"ning kiyinish xonasida ham eng yaxshi bo'lmaganman"

Hozirgi paytda mendan ko'p so'rashadi: "Siz "Oltin to'p"ni yutishni xohlagan bo'larmidingiz?".

Bunga javobim oddiy. Men xatto "Manchester Yunayted" kiyinish xonasida ham eng yaxshi bo'lmaganman. O'zimni eng yaxshi deb atash noto'g'ri bo'lar edi.

"Yunayted"da yaxshi futbolchilar ko'p edi va mening birinchi vazifam asosiy tarkibdan o'rin olish bo'lgan. Keyin esa maydonda jamoaga yordam berish kerak bo'lgan. Meni eng yaxshilar safiga qo'shishganmi, yo'qmi, bilmayman, ammo 22 yillik faoliyatim davomida men faqat keyingi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga chiqish haqida o'ylaganman.

Ortga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Yunayted"da doimo kuchli raqobat bo'lgan. 1991 yilda 2010 yilgacha 10 nafar futbolchimiz PFA talqiniga ko'ra "Yilning eng yaxshi futbolchisi" nomiga sazovor bo'lgan. Gari Pallister 1992 yilda bu sovrinni qo'lga kiritgan, ammo klubning eng yaxshi futbolchisi nomiga Brayan Makkleyr ega chiqqan. 2009 yilda ham xuddi shunday voqea ro'y bergan, PFA sovrini Rayan Giggzga topshirilgan, klubda esa Nemanya Vidich eng yaxshi deb tan olingan. Menga keladigan bo'lsak, kamina 1993 yilda Jimmi Merfining "Klubning eng yaxshi yosh futbolchisi" sovrinini qo'lga kiritganman va bu yutuq 22 yillik faoliyatimdagi yagonasi bo'lib qolgan.

Hozirda futbol o'zgarganini tan olish kerak. Avvalari sovrinni uchrashuvdan oldingi mashg'ulot payti maydon chetida topshirishardi. Futbolchi bu yutuqni olib klub fotografidan iltimos qilib suratga tushardi va kiyinish xonasiga yo'l olardi. Qo'l siqish va suratga chiqish 30 soniya bo'lgan. Hozir esa - Ronaldu va Messidan keyin uchinchi o'rinni olganingni bilish uchun, galstuk yoki kapalak bo'yinbog' bilan Cyurixga uchishingga to'g'ri keladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика