

Turinliklar futbolchining diskvalifikaciyasi bekor bo'lishiga ishonishmayapti. Shu sababli klubning eng ko'p oylik oluvchi futbolchisiga bekorga maosh to'lashmoqchi emas. Pogba va Yuventus o'rtasidagi shartnoma 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning avgust oyida Fransiyalik yarim himoyachi doping-testdan ijobiy o'tgan edi. 29 fevral kuni antidoping sudi futbolchini 4 yilga diskvalifikaciya qilish qarorini tasdiqladi. Pogba sud qaroridan so'ng apellyaciya bergandi.



