Pogbaning narxi ma'lum!

7 may 2019, 21:50
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba ko'pchilikning mavzusi bo'lib qolmoqda.

The Telegraph nashrining ma'lum qilishicha, MYU rahbariyati Pogbaning narxini belgilab qo'ydi. 25 yoshli fransiyalikni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan jamoa 160 million evro miqdorida pul sarflashi kerak bo'ladi. 

"Manchester Yunayted" prezidenti Ed Vudvord Pogbani qo'yib yubormoqchi emas, lekin jamoa ustozi Ole-Gunnar Sulsher "jomadon" kayfiyatidagi futbolchi bilan hamkorlik qilmoqchi emas.

Pol Pogbaning o'zi Madridning "Real" klubiga o'tishni istamoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph