Pogba undan intervyu so'ragan jurnalistga: "O'lishimni xohlayapsizmi?"

Aslanov Jasurbek
1 okt 2018, 12:49
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Vest Xem"ga qarshi bahsdan (1:3) so'ng jurnalist bilan muloqot qilishni istamadi.

O'yindan so'ng futbolchilar maydonni tark eta boshlaganida, jurnalistlar mikst-zonada Pogbadan intervyu olishga urinishdi. Biroq u quyidagicha javob berdi: "O'lishimni istayapsizmi?"

Oldinroq, Pogba va MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyu o'rtasida kelishmovchilik bo'lgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com