Pogba bolaligida "Manchester Yunayted" raqibining muxlisi bo'lgan ekan
02 dek 2017 12:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/292001_original.jpg)
![](/upload/storage/292001_220.jpg)
Pogba bolaligida "Manchester Yunayted" raqibining muxlisi bo'lgan ekan
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Arsenal"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 15-tur uchrashuvidan oldin bolaligida Arsen Venger jamoasiga muxlislik qilganini aytib berdi.
"Franciyada "Arsenal" juda mashhur edi - ularning tarkibida franciyalik futbolchilar ko'p bo'lgan. "Arsenal"ning ashaddiy muxlisi edim, Terri Anri, uni kuzatardim.
Aqldan ozadigan ishqiboz bo'lmaganman, biroq "Arsenal"ning ko'p o'yinlarini tomosha qilardim. "Arsenal" doimo ajoyib klub bo'lgan" - deydi Pogba.
"Arsenal" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 2 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar