Pogba Aleksisning yaxshi o'yin ko'rsata olmayotgani sababini aytdi
24 sen 2018 19:52
Yangiliklar
Pogba Aleksisning yaxshi o'yin ko'rsata olmayotgani sababini aytdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoadoshi Aleksis Sanchesning o'yinlariga baho berdi.
"Aleksis - juda ham mehnatkash. U mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatmoqda va jamoaga qo'ldan kelgancha yordam berishni istaydi. Aleksis hali ham jamoaga moslashmoqda. Sen bir jamoada uzoq muddat o'ynasangu, keyinchalik umuman boshqacha o'yin ko'rsatadigan jamoaga o'tsang, moslashish davri kutilganidan ko'proq bo'ladi. Sanches yomon o'yin ko'rsatmayapti. U "Manchester Yunayted"ga katta foyda keltira olishini barchamiz bilamiz, bunga ishonaman. Nima bo'lganda ham u optimizmni saqlab qolmoqda, taslim bo'lmayapti. Bu esa yaxshi holat", - dedi Pogba.
29 yoshli Sanches bu mavsumda MYU tarkibida 5 o'yinda qatnashdi va 1 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar