Pochettino: "Tottenxem" hali ham tirik"
01 may 2019 10:14
Yangiliklar


Pochettino: "Tottenxem" hali ham tirik"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Ayaks"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvi (0:1) haqida fikr bildirdi.
"Bahsni yaxshi boshlay olmadik. "Ayaks" juda faol o'ynadi va bizga muammolar tug'dirdi.
Ikkinchi bo'limda o'yinni darvozamizdan uzoqlashtirdik va vaziyatlar yarata boshladik. Ikkinchi taymda kuchlar teng keldi. Biz hali ham tirikmiz, hisob bor-yo'g'i 0:1. Javob uchrashuvida g'alabaga ishonishimiz kerak.
Besh himoyachilik sxemadan foydalanib, xatoga yo'l qo'ydim. Ammo variantlar ko'p bo'lmadi. Biz golni sxema tufayli o'tkazmadik. Murabbiyman, natija uchun men javobgarman.
Vertongen jarohatiga to'xtaladigan bo'lsak, yaqin kunlar ichida uning holatiga baho beramiz" - deydi Pochettino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar