So’nggi yangiliklar

21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  10 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2

Pochettino "Tottenxem" bilan xayrlashadigan vaqt keldi Yangiliklar

Pochettino "Tottenxem" bilan xayrlashadigan vaqt keldi

47 yoshli Maurisio Pochettino zamonamizning eng yorqin va aqlli murabbiylaridan biri hisoblanadi.

CHempionlar ligasi 2018/19 mavsumida finalga chiqishda argentianlik mutaxassis va g'oyalarining o'rni katta. Ha, Pochettinoni qo'rqmasdan buyuk murabbiy desa bo'ladi, ammo murabbiy "Tottenxem" bilan xayrlashadigan vaqt keldi. To'g'ri o'qidingiz, "shporlar"ga yangi mutaxassis, Maurisioga boshqa klub kerak.


Xatto CHempionlar ligasi so'nggi o'yinidagi "Crvena Zvezda" ustidan qozonilgan yirik (5:0) g'alaba muxlislarni chalg'itmasligi lozim. Undan avvalga bahslarga bir boqing: "Tottenxem" - "Uotford 1:1, "Brayton" - "Tottenxem" 3:0, "Tottenxem" - "Bavariya" 2:7.


APL turnir jadvalida 20-o'rinni egallab turgan "Uotford" bilan bahsdagi o'yinni hazm qilib bo'lmaydi. "Tottenxem" 86-daqiqadagi Dele Allining goli evaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi, biroq o'sha vaziyatda qoida buzilgandek ko'rindi. Darvoza ishg'ol qilinishini aniqlash uchun VAR kerak bo'ldi, ammo Kris Kavan golni hisoblaganidan keyin ham ushbu vaziyat bo'yicha bahslashuvlar to'xtamadi. Esingizda bo'lsa, o'sha bahsda "Tottenxem" tablosida "gol hisobga olinmadi" degan yozuv chiqqandi...

Gap xatto bunda ham emas. "Uotford"ga qarshi bahsning so'nggi 15 daqiqasigacha "shporlar" emas, mehmon jamoa g'alabaga munosib o'yin ko'rsatdi. "Arilar" 75-daqiqada darvozaga zarbalar soni bo'yicha 7:6 hisobida oldinda edi. So'nggi chorak soatda "Uotford"ga kuch etishmadi, "Tottenxem"ning esa omadi keldi. 75-daqiqadan uchrashuv yakunigacha "shporlar" mehmon jamoa darvozasiga 7ta zarba berdi. "Tottenxem" kutilgan gollar dinamikasi bo'yicha faqat so'nggi daqiqalarda raqibdan ustun bo'ldi.

Ushbu dinamikada APL autsayderi CHempionlar ligasi ishtirokchisiga qaraganda vaziyat yaratish bo'yicha barqaror bo'lgan. Bundan tashqari, "shporlar" tarkibida Son Xyon Mindan boshqa hech kim o'zini ko'rsata olmadi.


CHempionat autsayderiga qarshi durang - bu faqat Pochettinoning emas, boshqa futbolchilarning ham aybi. Boshqacha qilib aytganda, omadsiz natijalar uchun "Tottenxem" o'yinchilari ham javob berishadi, ammo asosiy masuliyat argentinalik kouchning bo'ynida. Aynan murabbiy maydonga tushadigan futbolchilarni tanlaydi. Bundan tashqari, taktik model ham mutaxassis istagi bo'yicha tanlanadi va o'yin davomidagi negativ tendenciyani u o'zgartirishi kerak bo'ladi. Pochettinoga etibor bersangiz, u endi jamoani ilhomlantira olmayotganini payqash mumkin.


"Lester Siti" asta-sekin salbiy natija qayd etib borayotgan "Tottenxem"ning g'irt teskarisiga aylanib boryapti. Brendan Rojers APLning so'nggi turida "Uotford"ga o'xshash autsayder - "Sautgempton"ni sochib tashladi, buning ustiga mehmonda - 9:0! "Tulkilar" bu kabi xokkey hisobini qayd etish uchun raqib darvozasiga 23 marta zarba berishdi va ularning 16tasi aniq bo'ldi. Fantastik raqamlar tufayli endi "Lester Siti" CHempionlar ligasi hududida.

O'z jamoasini g'alabalarga ilhomlantira olayotgan yana bir murabbiy - Frenk Lempard. "CHelsi" 41 yoshli kouch qo'l ostida APLning so'nggi 4ta uchrashuvida 11ta gol urdi va ular ham kuchli to'rtlikda.


Pochettino endi shogirdlariga kerakli so'zlarni topa olmayotgandek tasavvur uyg'onmoqda. Murabbiy va jamoa bir-biriga shunchalik o'rganib qolganki, ular o'rtasidagi muloqotga "yangi havo" etishmayapti. Dele Alli ijrosidagi gol bo'lmaganda "Tottenxem" "Uotford"ga mag'lub bo'lardi. "Crvena Zvezda" esa APL autsayderidan kuchli deb bo'lmaydi.


"Tottenxem"ning "Ayaks"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvidagi o'yini hali ham ko'pchilikning yodida. O'shanda Lukas Mouraning ajoyib harakatlari "shporlar"ga tarixda birinchi marta CHempionlar ligasi finaliga chiqishga imkon berdi. Pochettino olqishlar cho'qqisida edi, klub muxlislari esa "Tottenxem" rahbariyatidan murabbiy uchun yangi shartnoma talab qilishdi.


Ammo bazida xatto eng buyuk mutaxassislarda ham porlashlardan so'ng tushunarsiz pasayishlar ro'y beradi. Bu ko'p kuzatilgan jarayon va Pochettino bunday vaziyatga duch kelgan birinchi mutaxassis emas. Bu holatda murabbiy jamoani o'zgartira olishga kuchi etishini tushunishi kerak. Agar bunday bo'lmasa, tezda yangi klub izlash lozim.


SHunga qaramasdan "shporlar" so'nggi yillardagi rivojlanish dinamikasini davom ettirishlari kerak. "Tottenxem"da hali ham chempionatni kuchli to'rtlikda yakunlab, CHempionlar ligasi guruh bosqichi uchun yo'llanma qo'lga kiritish imkoniyati bor. Pochettinoga to'xtaladigan bo'lsak, endi u "avtopilot"da harakat qilmasligi lozim. Maurisio o'rganishda va o'sishda davom etishi kerak. U "Tottenxem"ni tark etgan taqdirda ham grandlar istaydigan murabbiy bo'lib qolaveradi.


Yoqimsiz eshitilishiga qaramasdan hamma ayrilishlarni yomon deb bo'lmaydi. Bazida bu ikki tomon foydasiga xizmat qiladigan qaror bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика