Pochettino tez orada istefoga chiqariladi
04 iyu 2022 00:14
Yangiliklar
Franciyaning PSJ klubi amaldagi bosh murabbiy Maurision Pochettinoni tez orada istefoga chiqaradi. Argentinalik murabbiyning istefosi klub prezidenti Nasser Al-Xelayfining Qatardan qaytishi bilan elon qilinadi.
Pochettinoning o'rniga "Nicca" ustozi Kristof Galte tayinlanishi mumkin.
Malumot uchun, Pochettino PSJni 2021 yilning yanvar oyida qabul qilib olgan. Murabbiyning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qilish kerak edi.
Fikrlar