Pochettino tarkibni kuchaytirish haqida: "Jamoadan mamnunman, lekin rahbariyat o'zgarishlarga tayyor turishi kerak"
20 okt 2019 21:30
Yangiliklar
Pochettino tarkibni kuchaytirish haqida: "Jamoadan mamnunman, lekin rahbariyat o'zgarishlarga tayyor turishi kerak"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino qishki transfer oynada bo'lishi mumkin bo'lgan xaridlar haqida gapirib o'tdi.
"Biror o'zgarish qilish zarur bo'lsa, rahbariyat tayyor turishi kerak. Ammr jamoadan, o'yinchilardan mamnunman. Har doimgidek, yanvar oyida nima bo'lishini taxmin qila olmayman. Masuliyatni bo'ynimizga olishimiz lozim. Ammo, barcha o'yinlarda g'alaba qozonadigan bo'lsak, biror o'zgarish qilishimizga sabab qolarmikin? SHunga qaramay, biror narsaga muhtoj bo'lsak, harakat qilishimiz va xotirjamlikni saqlashimiz kerak", – deydi Pochettino.
APL 9 ta turidan keyin, "Tottenxem" 12 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
Fikrlar