Pochettino Ramosning PSJga ehtimoliy transferi haqida gapirdi
29 jan 2021 11:00
Yangiliklar


Pochettino Ramosning PSJga ehtimoliy transferi haqida gapirdi
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosning ehtimoliy transferi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Klubimiz sinchkovlik bilan transfer bozorini va shartnoma imzolashimiz mumkin bo'lgan futbolchilarni o'rganmoqda. Ramos bilan bog'liq vaziyat 2-3 oydan so'ng malum bo'ladi.
Agar Serxio transferga rozi bo'lsa, unda ajoyib klubda o'zini ko'radi", - deydi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Ramos "Real"ning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etdi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar