Pochettino mast xolda mashina boshqargan shogirdi ishini oqlamadi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2018, 13:14
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsdan (3:0) so'ng, "shporlar" darvozaboni Ugo Lorisga bog'liq vaziyatga izoh berdi.

24 avgust kuni fransiyalik mast xolda mashina boshqarayotganda policiya tomonidan qo'lga olingani e'lon qilingan edi. Keyinroq futbolchi aybini tan oldi. Unga nisbatan ayblov e'lon qilindi va sud yig'ilishi 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

"Ugo katta xato qilganini tushunib turibdi. Biz futbolchini qo'llab-quvvatlaymiz, ammo ishini oqlamaymiz. Ugo muxlislar, jamoa va mamlakat oldida kechirim so'radi. Loris o'zini yaxshi his qilmayapti, chunki o'zini kechira olmayapti" - deydi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports