Pochettino: "Borussiya" bizdan bir kun ko'p dam oladi"
11 fev 2019 16:38
Yangiliklar
Pochettino: "Borussiya" bizdan bir kun ko'p dam oladi"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi CHempionlar ligasi bahsidan oldin taqvimdan nolidi.
"Juda xafaman. Borussiya" va biz yakshanba kuni o'ynab, chorshanbada uchrashganimizda indamagan bo'lardim. Ammo biz nega bunday noqulay vaziyatda ekanligimizni tushunmayapman.
Raqib bir kun ko'p dam oladi, bu esa pley-offda katta ustunlik berishi mumkin. Bu biz kurashmaymiz degani emas. Men shunchaki vaziyatni tushuntirmoqchiman.
"Lester"ga qarshi o'ynash uchun bir haftamiz bor edi, o'yin boshqa kunga ko'chirilmadi. Bunday holatda uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish qiyin.
Bundan tashqari, biz yaqindagina taqvim zich bo'lgan oyni yakunladik. Yanvar oyida Germaniya, Ispaniya va Italiya klublari dam olishadi.
Agar raqib bilan bir darajada bo'lishni istasang, vaziyat bir xil bo'lishi kerak. SHu sababli xafaman" - deydi Pochettino.
O’xshash yangiliklar
20:21
Eron Pro ligasi. "Istiqlol" o'z uyida mag'lubiyatga uchradi, Masharipov qaydnomadan o'rin oldi 4
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar