Pochettino: "Agar CHL finaliga chiqsak Keyn maydonga tushishi mumkin"
13 apr 2019 12:47
Yangiliklar


Pochettino: "Agar CHL finaliga chiqsak Keyn maydonga tushishi mumkin"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa futbolchilari Garri Keyn va Dele Alli jarohatlari haqida gapirdi.
"Keyn xafa. Har kuni uning holatiga baho berib, u qachon shug'ullana olishini tekshirib borishimiz kerak. Hozir u qachon qaytishini aytishning iloji yo'q.
U "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda shunday jarohat olgan edi. O'sha paytda davolanishga 5 hafta ketgan. Agar CHempionlar ligasi finaliga chiqsak, Keyn maydonga tushishi mumkin.
Alli qo'lini sindirdi, u maydonga tusha olishi yoki yo'qligi haqida tez orada bilib olishimiz kerak. U "Xaddersfild"ga qarshi o'ynamasa kerak" - deydi Pochettino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar