So’nggi yangiliklar

20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  2 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  7 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  7 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  21 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  7

Piter Xyuistra: "Yaqinda rahbariyat bilan kelajagim haqida gaplashaman. Balki bugungi mag'lubiyat muzokaralarga tasir qilar" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Yaqinda rahbariyat bilan kelajagim haqida gaplashaman. Balki bugungi mag'lubiyat muzokaralarga tasir qilar"

2021 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida qatnashdi.




"Uchrashuv qiyin tarzda o'tdi. CHindan ham ancha ter to'kdik. Qizil kartochkaga qadar jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatayotgan edi. Lekin nima uchundir ushbu vaziyatdan so'ng o'yinimiz to'xtab qoldi. Umuman olganda o'yinda kartochkalar ko'p bo'ldi. Hakam bugun kartochka ko'rsatish bo'yicha sahiyligini namoyon qildi. "Nasaf" esa so'nggi uchrashuvdek harakat qildi. Bir kishi kam bo'lib ham g'alabani o'z tomoniga og'dira oldi. Mavsumni yaxshi o'tkazdik. Biroq kubok finalidagi mag'lubiyat dilni xira qiladi",- deydi Piter Xyuistra.




- "Paxtakor"ga bugun nima etishmadi? CHempionatda oxirgi turlardagi mag'lubiyat ruhiy tomondan tasir qilganmidi?

- Menimcha mag'lubiyatning asosiy sababi ayrim futbolchilar asabiylasha boshlashdi. Bunday pallada sabrli bo'lish va diqqatni jamlash zarur. Bu futbolda bo'lib turadi. Qolaversa "Nasaf" jamoasi yaxshi o'ynaganini takidlash joiz. Ular oxirigacha kurashdi. Futbolda bitta xato bilan uchrashuv taqdirini o'zgartirib yuboradi.

- Qizil kartochkadan so'ng o'yinimiz yaxshi chiqmadi, dedingiz. O'yinni ko'rmaganlar xuddi "Paxtakor" futbolchisi maydondan chetlatilgandek tasavvur xosil qiladi. Bu holat foyda berish o'rniga "Paxtakor"ga xalaqit qildimi?

- O'yinni qanday kechishini oldindan bilmaysiz. Bir jihatga urg'u berish kerak. Masalan bugungi o'yin taqdiri shunday yozilgan ekan. Futbolchilarimiz o'yinni nazorat qilish o'rniga ketma-ket xatolarga yo'l qo'yishdi. Yakunda bu natijaga tasir qildi. Raqib o'zini yaxshi ko'rsata oldi. Futbolchilar ham hakamlar kabi VAR tizimiga moslashishi kerak. Buni o'rganishlari lozim.

- Jamoadagi aksariyat futbolchilar uchun kubok finali so'nggisi bo'lishi mumkin. Bugungi bahs siz uchun oxirgisi emasligini ishonch bilan ayta olasizmi?

- Yaqin kunlar ichida jamoa rahbariyati bilan kelajagim borasida gaplashib olaman. Ko'p narsa faktorlarga bog'liq. Deylik rejalar, byudjet va hokazo. Balki bugungi mag'lubiyat muzokaralarda o'z tasirini o'tkazishi mumkin.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика