So’nggi yangiliklar

15:31Ўртоқлик учрашуви. Ёшларимиз сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб юбориб, ғалабани қўлдан чиқарди  0 14:58Абдуқодир Ҳусановнинг «Ланс»даги асосий шериги фаолиятини АПЛнинг номдор жамоасида давом эттиради  2 14:28Рустам Турдимуродов "Андижон"ни тарк этиши мумкин   3 13:48Карим Адейеми "Наполи"ни рад этди  1 13:20Мальдини "Аталанта"га ўтди  1 12:54"Милан" футболчиси АПЛ топ клубига ўтиш борасида қарор чиқарди  1 12:21Туркия клуби Кристантега қизиқмоқда. "Рома" хавбеки Раньерининг режаларига мос тушмаяпти  0 11:57"Интер" "Рома" футболчисини харид қилиш ҳуқуқи билан ижарага олди  1 11:26"Сурхон" спорт директори Рустам Қурбонбоев: "Қуръани омадли ёки омадсизга ажратиш ноўрин бўлади"  2 11:00Баҳром Ҳайдаров: «Жамоамиз янги мавсумга жиддий тайёргарлик кўрмоқда. Худо хоҳласа, янги мавсумни яхши натижа билан бошлаймиз»  4 10:06Ёшларимиз Хитой U-20 термасига қарши баҳс олиб боради  2 09:43Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Хоразм» билан шартнома тузди  1 09:35Аморимнинг «Манчестер Юнайтед»даги илк трансфери ким бўлиши аниқ  4 09:02Кечаги кутилмаган мағлубиятдан сўнг Анчелотти нималар деди?  57 08:34«Бухоро» Туркиядаги йиғиннинг илк ўртоқлик учрашувида Қозоғистон жамоасига мағлуб бўлди  1

Piter Xyuistra: "Matich g'alaba golini urgani yoqimli holat" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Matich g'alaba golini urgani yoqimli holat"

Coca-Cola Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Juda yaxshi o'yin bo'ldi. Bugun musobaqa peshqadami va 3-o'rindagi jamoa o'zaro bahs olib bordi. "Nasaf" bizga qattiq qarshilik ko'rsatishga harakat qildi. Bugun ularning taktik uslubida kutilmagan o'zgarishlar bo'ldi. Ular tartibli pressing uslubida o'ynashga harakat qilishdi.

Bugun har ikki jamoa ham taktik uslublarga tayanib o'ynadi. CHiroyli va yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Yakka kurashlar, indivudial harakatlar, havodagi kurashlar ko'proq yuzaga keldi. Ikki jamoada ham imkoniyatlar bo'ldi, bugungi g'alabadan juda ham xursandman. Matich hal qiluvchi golni urgani yoqimli bo'ldi.

Bu kabi o'yinlar menga yoqadi, yangi narsa olish va o'ylash mumkin. "Nasaf"ga yaxshi o'yin uchun hurmatimni izhor qilaman va olqishlayman. 

- O'tgan turdagi va bugungi o'yinda jamoa g'alaba qozongan bo'lsa ham ustunlik raqiblar tomonidan bo'lgandek ko'rindi. SHuningdek Boyan Matich garchi gol urgan bo'lsa ham bugungi o'yinda deyarli ko'rinmadi. Buni qanday izoxlash mumkin?
- Oldingi turdagi va bugungi uchrashuvda vaziyatlar raqiblarda ko'proq bo'lgandek ko'ringandir, lekin ular o'yinni to'liq nazorat qilishdi degan fikrdan yiroqman. Biz ikkinchi bo'limdagi almashtirishlar tufayli o'zimizni maydonda ancha qulay his qildik. Bu orqali raqibning tempini ham pasaytirdik. 

Boyan Matich haqida fikrim ijobiy. Mehnat qilishdan to'xtagani yo'q, yordam berishga harakat qilayapti. "Paxtakor"da to'liq o'ynab ketishi uchun bir oz vaqt kerak bo'ladi. U jamoaviy o'yinchi sifatida yaxshi taasurot qoldirayapti. U g'alaba golini urgani yoqimli holat.

- Doston Hamdamovning o'yini kuchaysa ketib qoladi. SHu kabi futbolchilar o'rniga yoshlarni tarbiyalasa bo'ladimi? SHu vazifani bajaruvchi selekcioner murabbiy bormi klubda?
- Hamdamov jamoaga qaytganidan xursandman. U tizimga to'liq moslashib ulurgandi. Xorijda o'yini ochilib ketmagani aynan jamoaga moslashib qolganidan bo'lishi mumkin. U asosan jamoaviy va tizimli futbolchi.

Gapingiz to'g'ri, yoshlar bilan ishlash kerak. Men buni hamisha qo'llab-kelganman. Hamdamovni qaytishi jamoamiz uchun yaxshi bo'ldi. Uning qaytishi Diyor Xolmatovga raqobat tug'diradi. SHu orqali u yanada kuchliroq o'ynashga harakat qiladi. Ko'plab yoshlar bizda bor, ular bilan ishlayapmiz. Doston Hamdamovning yoshini unutmaslik kerak, u endigina 24 yoshga to'ldi. Uning maoshi avvalgidan kamroq ko'rinishda bo'lishiga o'zi rozi bo'ldi, "Paxtakor"da o'ynashni chin dildan istadi. 

- Ro'ziqul Berdiev bilan nima haqida gaplashdingiz? Eng qizig'i tarjimonsiz qaysi tilda gaplashdinglar?
- Butun dunyoda futbol tili bir xil. Ozroq rus tilida, ozroq o'zbek tilida gaplashdik. Umuman olganda bir-birimizni tushundik.

Ro'ziqul Berdievni hurmat qilaman, u har doim tarkibidan qatiy nazar sizga qarshi kuchli jamoa qo'ya oladi. Musobaqada kamida uchinchi, to'rtinchi o'rinni olishi mumkin.

- "Paxtakor" futbolchilarida asabiylashish ko'p kuzatildi. Klub qarashlarida birinchi o'rinda natijami yoki odamiylikmi?
- Birinchi o'rinda albatta odamiylik bo'lishi kerak. Lekin yutish ham kerak (Kuladi). 

Bir vaziyatda Sayfiev oxirgi marta futbolchiga qaraganda u yotgan edi. SHu sabab to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Bu orada futbolchi o'rnidan turib ketib bo'lgandi. 

Kozak oxirgi vaqtlarda ko'p o'ynamayotgandi. Bugun biz uning xizmatlariga ehtiyoj sezdik va ikkinchi bo'limda maydonga tushirdik. Yaxshi o'ynadi deb o'ylayman. Azamov yoki Anzur Ismoilov o'yin davomida jamoadagi futbolchilarga ko'rsatmalar berib turishadi. Buni jamoaning ichidagi yaxshi xolat deb baholayman. Bu har doim ro'y beradigan xolat. Muxlislar shovqini yo'qligi uchun bugun bu sizlarga ham eshitildi. 

- Terma jamoalar yig'inlari "Paxtakor"ning tayyorgarligiga qay darajada tasir ko'rsatadi?
- "Paxtakor"da bu qiyin bo'ladi. Terma jamoa yig'in o'tkazishi kerak. Uning ustiga pandemiya sharoiti ham futbolga tasir ko'rsatayapti. SHuningdek, yoshlar jamoamizdan 10 nafar futbolchi terma jamoaning Misrdagi yig'inida ishtirok etishdi. O'sha davrda deyarli yakka tartibda mashg'ulotlar o'tkazdik. CHunki safimizda futbolchilar juda kam eli. SHunday bo'lsa ham vaziyatdan chiqishga harakat qildik.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика