So’nggi yangiliklar

19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  0 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - ОКМК  6 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  4 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  0 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   13 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  5 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0 15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  3 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  2 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  12 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  2 14:20Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади?  11 14:00Достонбек Тўхтабоев: "Нефтчи"нинг кучли томонларини тўхтатишга тайёр эдик"  1

Piter Xyuistra: "CHeran o'yinning haqiqiy qahramoniga aylandi" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "CHeran o'yinning haqiqiy qahramoniga aylandi"

Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Qizilqum" (4:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o'z fikrlarini bildirdi.





"O'yinni parvozli start bilan boshladik. Goldan keyin himoyada xatoga yo'l qo'ydik. Himoyadagi sustkashligimiz tufayli "Qizilqum" ko'p bor hujumga o'tdi. Ularda 3-4 ta yaxshi imkoniyat bo'ldi. Tanaffusda birinchi taymni tahlil qildik va ikkinchi taymda bunday kamchiliklar uchramadi. G'alaba orqali chempionlikka katta qadam tashladik. 

Birinchi jamoa bo'lib o'ynadik. Biz milliy terma jamoaga 5 nafar o'yinchini yubordik, ulardan 3 tasi jarohat bilan ortga qaytdi. SHu sababli asosiy tarkibda bazi pozicion o'zgarishlarga qo'l urdik. "Qizilqum"ga 4 ta gol urish oson ish emas. 

Penalti ham baribir o'yinga taalluqli jarayon, o'yin ichidagi holat. Biz uzoq vaqtdan beri birinchi marta penalti tepdik. 

Birinchisini ko'rolmadim, lekin ikkinchi holat aniq ko'rindi, "Qizilqum" futbolchilari ham etiroz bildirishmadi. CHiroyli uyushtirgan hujumimiz qo'pollik evaziga to'xtatib qo'yildi. Dragan CHeranni alohida qayd etib o'tgan bo'lardim. U o'yinning haqiqiy qahramoniga aylandi.

Daraja borasida boshqa jamoalar va "Paxtakor" o'rtasidagi farq juda katta, deya savol berishingiz noto'g'ri deb o'ylayman. Barcha jamoalar yaxshi darajada. Bu yil biz o'yinlarni qiynalib yutganimiz, ko'p o'yinlarda kichik hisobda g'alaba qozonganimiz bundan darak berib turibdi. Har bir o'yinda kurash kechyapti, hamma jamoa ham siz o'ylagandek kuchsiz emas. "Nasaf"ni ko'rib turibsiz, OFK kubogida qanday o'ynayotganini. "Qizilqum" ham oxirgi 5-6 turda zo'r futbol namoyish etyapti. Bundan tashqari, AGMK ham OCHLda yaxshi o'ynadi. CHempionat darajasini past baholamanglar. Kurashlarga boy mavsum o'tayotgani yosh o'yinchilarimiz uchun foydali. Hali OCHLda bu qo'l keladi. "Andijon"ga qarshi o'yinni yomon o'tkazdik. 4 tur oldin chempionlikka yaqin turganimiz jamoalar kuchsizligidan emas.

Mavsum davomida o'yin taraflama yaxshi va yomon ko'ringan davrlarimiz bo'ldi. Eng muhimi – aytib o'tganimdek, jamoada kurashuvchanlik ruhi o'sayotganini aytib o'tgan bo'lardim. Yosh yigitlarda o'ziga xos xarakter shakllanib bormoqda. Bu ularning o'zi uchun ham, jamoa uchun ham juda zarur. 

O'tgan yilgi jamoa bilan bu yilgisini taqqoslamagan bo'lardim. Tarkib va moliyaviy tomondan ham farq sezilarli. 

Hozirgi tarkib OCHLdagi orzuni amalga oshirishga etarli bo'ladimi? Yo'q, aynan shu tarkib bilan juda qiyin bo'ladi. Katta natija qo'lga kiritishni istasak, albatta, tarkibni kuchaytirishimiz lozim", – dedi Piter Xyuistra.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика