So’nggi yangiliklar

10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  0 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  10 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  9 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  75 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7

Piter Xyuistra: "Bunday maydonda futbol o'ynashning imkoni yo'q" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Bunday maydonda futbol o'ynashning imkoni yo'q"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra fikrlarini bildirib o'tdi.





"Bugun bizga qiyin bo'ldi. "Andijon" hisobda oldinga chiqib olganidan so'ng juda zich himoyalandi. SHu bois yorib o'tishimiz qiyin kechdi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa mavsumdagi birinchi mag'lubiyatimizni qabul qilib oldik. Oldinga qarab intilishda davom etamiz", – deydi Piter Xyuistra. 

- "Andijon"ning oxirgi o'rinda ekanligi futbolchilarni bo'shashtirib qo'ydimi?

- Oldin ham, hozir ham aytaman – Superligada oson o'yinlar yo'q. "Andijon" zich himoyalanib, turnir jadvalining yuqorisidagi jamoalarni qiynab qo'yishi mumkin. Bugun shunga guvoh bo'ldik. 

- "Paxtakor" davlat tasarrufiga qaytgach o'yinida pasayish yuzaga kelyapti. Jamoaning oldingi kuchi yo'q. O'yinlarda qiynalib yutmoqda. Moddiy tomondan qo'llab-quvvatlashda muammo bo'lyaptimi?

- Moddiy tomondan hech qanday muammo yo'q. 

- Unday bo'lsa, pasayishning sababi nimada?

- Yo'q, masalan "Metallurg"ga uchta gol urdik. "Navbahor" bilan juda yaxshi o'ynadik. Lekin bugun natija ko'rsata olmadik. Turnir jadvalida oxirgi o'rinda borayotgan jamoalar bilan o'yinlarda gol o'tkazib yuborsangiz, ular zich himoyalanishni boshlashadi. Bunday maydonda futbol o'ynashning imkoni yo'q. To'pni faqat oldinga tepib yuborish bilan cheklandik. Bu bizning futbol emas. 

- O'yinni boshqargan hakamlar guruhiga etirozlar bo'ldi. Buni nima bilan izohlaysiz?

- O'yin davomida hech narsa deganim yo'q. Faqat ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berilgani uchun etiroz bildirdim. Ko'plab o'zgarishlar amalga oshirildi. SHuningdek, "Andijon" futbolchilari "yotib olishdi". Bu vaqtni oldi. 

- Maydonning aynan qaysi holatiga etirozingiz bor? Oldin ham ko'p jamoalar o'ynagan, lekin maydon haqida gapirishmagandi...

- Birinchi o'rinda maydonga yaxshilab etibor berishlarini, parvarishlashlarini so'rab qolgan bo'lardim. 

- "Paxtakor" Superligada bir necha yildan beri yaqqol etakchilikni qo'liga olyapti. Murabbiy sifatida raqobat bo'lmasligiga qanday qaraysiz?

- Superligadagi raqobat yaxshi, deb o'ylayman. Bizdan keyingi jamoalarning saviyasi, o'yin darajasi bir-biriga yaqin. Ko'p jamoalarda yosh futbolchilar o'ynamoqda. Bu o'zbek futbolining kelajagi uchun foydalidir.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика