Pisarro - Bundesligada 40 yoshdan keyin gol urgan ikkinchi futbolchi
30 okt 2018 02:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460426_original.jpg)
![](/upload/storage/460426_220.jpg)
Pisarro - Bundesligada 40 yoshdan keyin gol urgan ikkinchi futbolchi
Bremenning “Verder” klubi hujumchisi Klaudio Pisarro Bundesliganing 9-turida “Bayer” darvozasini ishg'ol qilgandi.
Bremenlik musiqachilarning ilk goliga mualliflik qilgan Pisarro bu bilan Germaniya Bundesligasida 40 yoshdan oshib raqib darvozasini ishg'ol qilgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Lekin uning goli “Verder”ni mag'lubiyatdan qutqarib qololmadi. “Bayer” mehmonda o'ynashiga qaramay, yirik 6:2 hisobida g'alaba qozondi. Perulik hujumchi gol kiritilgan kuni 40 yoshu 25 kunlik edi. Bundesligada gol urgan eng yoshi katta futbolchi bu Mirko Votava hisoblanadi. U 1996 yilning avgustida 40 yoshu 121 kunligida “SHtutgart”ga gol urgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar