So’nggi yangiliklar

14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  2 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  2 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  5 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  2 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  2 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   1 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  40 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Альбанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчини олиб келмоқчи  5 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  4 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  1 08:33ПСЖ "Барселона" футболчиси учун трансфер рекордни янгилашга тайёр  7 08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  7 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0

Pirlo buyukligiga yana bir isbot: U jarohat tufayli faqat chap oyoqda o'ynagan va top darajada harakat qilgan Yangiliklar

Pirlo buyukligiga yana bir isbot: U jarohat tufayli faqat chap oyoqda o'ynagan va top darajada harakat qilgan

Andreaning 2011 yildagi qahramonlarcha o'tkazgan ikki oyi.

Bir necha kun oldin Andrea Pirlo "Yuventus"dagi ilk mavsumidan qiziq bir jihatni esga oldi: "Faqat chap oyoqda o'ynagan bahslarim bo'lgan. O'ng tizzam og'rirdi, shu sababli faqat bir oyoqdan foydalanishga to'g'ri kelgan. "Lechche", "Novara" va "Napoli"ga qarshi shunday bo'lganini eslayman".

Ishonish qiyin bo'lgan hikoya. Ammo Pirlo yolg'on gapirmagan, biroz bo'rttirib yuborgan. Uning gapida "faqat" so'zi ortiqchaga o'xshaydi, chunki Andrea o'ng oyog'ini ham ishlatib turgan. Lekin italiyalikning o'sha paytdagi harakatlarini ko'rganingizda, uni chapaqaydan ajrata olmagan bo'lardingiz.


Bu Antonio Kontening Turindagi dastlabki mavsumi edi, "Yuventus" tezda o'rtamiyona jamoadan sovrin uchun asosiy davogarlardan biriga aylandi. Jamoa Pirloning kuchli sifatlari atrofida qurilgan.


Konte o'sha paytda quyidagi gaplarni aytgandi: "Andreadek futbolchilarni topish juda qiyin. Uning texnikasi yuqori darajada. To'p bilan bo'lsak u butun jamoaga xotirjamlik bag'ishlaydi va vaziyatlarni juda yaxshi o'qiydi. Agar bu iqtidorga hamma nima qilishni biladigan tizimni qo'shsak, uning sifatlari yanada kuchliroq porlaydi. Jismoniy holat uning kuchli tomoni emas, Pirloning fikrlash va to'p bilan muomalada bo'lish qobiliyati fantastik darajada. To'g'ri sharoitda u butun jamoani boshqara oladi".


O'sha yili Antonio aynan shu jarayonni ishga tushirgan edi. Andreaning jamoadagi obro'si juda baland bo'lgan. U "Milan"ning keraksiz o'yinchisidan A Seriyaning yil futbolchisiga davogarlik qiladigan futbolchisiga aylandi.

O'shandayoq Konte va Pirlo o'rtasida o'zgacha aloqa paydo bo'lgandi. Andrea bir necha bor Antonioni "daho" va "faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy" deb atagandi.


"Agar Arrigo Sakki daho bo'lsa, Konteni nima deb atay, bundan yaxshiroq so'z bormi? Men uni yaxshi murabbiy deb o'ylagandim, ammo bunchalik ekanligini tasavvur ham qilmagandim. Kerakli vaqtda Antoniga duch keldim. U meni hammadan ko'proq hayron qoldirdi" - deb yozgandi Pirlo o'z avtobiografiyasida.


Andreadan yana bir iqtibos: "Konte futbolchilar bor kuchini ishga solishini xohlaydi. U seni maksimal darajangdan ham yaxshiroq harakat qilishga undaydi".


Pirlo tezda Konte madaniyatiga ko'nikdi va u uchun ko'p narsalarga qodir edi. Masalan, tizzasidagi jarohat bilan o'ynash. O'yin Pirlo atrofida qurilgani tufayli Konte bilan shunday kelishuv bo'lgan: Andrea muhim bahslarda maydonga tushadi, ammo Andrea o'ng oyog'idan minimal darajada foydalanadi. Oddiy futbolchi uchun bu aqlga sig'maydigan g'oya edi. Ammo Pirlo dahoku.


Andrea jarohat bilan harakat qilgan o'yin natijalari:

Pirlo jarohatda o'tkazgan o'yinlari
26.11.2011Lacio - Yuventus 0:190 daqiqa
29.11.2011Napoli - Yuventus 3:390 daqiqa
04.12.2011Yuventus - CHezena 2:0o'ynamagan
09.12.2011Yuventus - Bolonya 2:1o'ynamagan
12.12.2011Roma - Yuventus 1:190 daqiqa
18.12.2011Yuventus - Novara 2:080 daqiqa
21.12.2011Udineze - Yuventus 0:090 daqiqa
08.01.2012Lechche - Yuventus 0:188 daqiqa


Pirlo davolanayotgan paytda uchrashuvlarning 76%da ishtirok etdi. "CHezena" bilan bahs A Seriyada o'tkazib yuborilgan yagona uchrashuv bo'ldi ("Bolonya"ga qarshi o'yin kubokda o'tkazilgan).


Jarohat bilan o'ynash tavakkal qaror edi: U maydonga tushib, jamoadoshlariga ishonch bag'ishlashi mumkin, ammo jarohatini og'irlashtirib olishi ham mumkin edi. Andrea aqlli futbolchi bo'lgani uchun texnikasi evaziga o'yinini o'zgartirdi va tavakkalni minimallashtirishga muvaffaq bo'ldi.


Pirlo quyidagicha o'ynadi:

- Haqiqatdan ham ko'proq chap oyoqda pas berdi. Uning uzatmalari avvalgidek yuqori saviyada qoldi.

- U odatdagidan kamroq himoyaga yordam berdi. Bu yarim himoyachilarning yuklamalarini oshirdi (ayniqsa Arturo Vidalning), ular vazifalarini uddalay olmaganda, bu muvaffaqiyatsizliklarga olib kelardi.

- Videoda esa barchasi yaxshi tahlil qilingan.

Andrea Pirloning statistikasi
CHapaqay Pirlo2011/2012Jarohatsiz Pirlo
85%Uzatmalar aniqligi87%
83%Uzun paslar aniqligi85%
1,9Zarbadan avvalgi paslar3,4
o'rtacha 90 daqiqada


Andreaning ko'rsatkichlari umuman o'zgarmaganda g'alati bo'lardi, ammo uzatmalar va uzun paslar aniqligi biroz pasaydi, shunga qaramay top darajada qoldi. Bu zarbalardan oldingi paslar sonidagi o'zgarishlar. Bu erda faqat jarohatni emas, taqvimni ham hisobga olish kerak. Ushbu jihat raqamlarga tasir qildi.


Eng ajoyibi: Hatto jarohatlangan Pirlo qiyin paytda ham to'p nazorati bo'yicha A Seriyaning boshqa tayanch yarim himoyachilaridan yaxshiroq natija ko'rsatgan. Raqiblar orasida hech kim hujumga Pirlodek foyda bermasdi (zarba uchun o'rtacha 1,9ta pas). Aniqlik va uzatmalar soni bo'yicha faqat Daniele De Rossi va Mark Van Bommel raqobatchi bo'ldi, ammo ularda jarohatlar kuzatilmagandi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика