Pirlo: "Bizga tajribali futbolchilar etishmadi"
28 fev 2021 11:18
Yangiliklar


Pirlo: "Bizga tajribali futbolchilar etishmadi"
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo A Seriyaning 24-turi doirasida "Verona"ga qarshi o'yinda qayd etilgan durang haqida gapirdi.
"Hisobda oldinga chiqib olishga erishgandik, ammo bu juda qiyin bo'ldi. Ammo etakchilikni ushlab qolish oson bo'lmadi. SHunday kichik xatolar borki, ular sababli ochkolar yo'qotiladi, jamoa mag'lub bo'ladi. Afsuski, buni yosh futbolchilar tushunishmayapti.
Bizga tajribali futbolchilar etishmadi, yoshlar esa to'pni qaysi tomonga yo'naltirishni bilishmayapti. Krishtianu va Aleks Sandrodan futbolchilar bilan gaplashib olishni so'ragandim. Ammo bu ham kamlik qildi", - dedi Pirlo.
Ayni damda "Yuventus" A Seriyada 46 ochko to'plab, 3-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar