Pirlo: "Agar Pogba "Yuventus"ga qaytsa, bundan hayron bo'lmayman"
14 sen 2018 15:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/453294_original.jpg)
![](/upload/storage/453294_220.jpg)
Pirlo: "Agar Pogba "Yuventus"ga qaytsa, bundan hayron bo'lmayman"
"Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba Turin jamoasiga qaytishga qaror qilsa, bundan hayron bo'lmasligini aytdi.
"Bonuchchining qaytishidan ajablandim, chunki "Milan" bilan bir mavsumdan so'ng u qaytadi deb o'ylamagan edim. Ammo "Yuventus" eng yaxshilarni olishni istaydi, Leonardo esa o'z poziciyasida eng kuchlilardan biri. Pogbaning qaytishi meni hayron qoldirmaydi, chunki "Yuventus" kuchlilarni izlaydi. Agar kimdir ketsa, bu o'sha futbolchi qaytmasligini bildirmaydi" - deydi Pirlo.
Oldinroq, Pogba MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan munosabatlari yaxshi emasligi sabab klubdan ketishni istayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar