Pioli: "Maqsad - ECHLga chiqish"
31 dek 2020 23:30
Yangiliklar


Pioli: "Maqsad - ECHLga chiqish"
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoaning ushbu mavsumdagi rejalari haqida gapirdi.
"Asta-sekinlik bilan o'yinimizni yo'lga qo'yib olyapmiz. Rejamizda albatta ECHLga chiqish bor. "Milan" ushbu turnirda qatnashmaganiga ancha vaqt bo'lgandi. Ammo hozirgi o'yinimiz bilan ushbu musobaqada o'ynashga loyiqmiz deb hisoblayman.
Rahbariyat bizga yaxshi shart-sharoitlar yaratib bergan. Futbolchilar esa o'z navbatida kasbiga sodiqlik va jiddiy maqsadlar bilan ularga minnatdorlik bildirmoqda.
Yil boshida tarkibga Ibragimovich va Ker kelgandi. Ular jamoaga katta yordam bermoqda. Ular maqsadimizning bajarishimizda asosiy o'rinni tutmoqda", - dedi Pioli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar