Pioli Leau borasidagi ma'lumotni oshkor qildi

Mirjalol Normatov
13 may 2023
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoadagi kadrlar muammosi haqida gapirdi.

"Speciya"ga qarshi o'yin oldidan bir qancha muammolarimiz bor. Masalan, Leau tarkibda emas. Ammo uning "Inter"ga qarshi o'yinda maydonga tushish ehtimoli yuqori.

Zlatan va Florenci hali ham jarohatda. Krunich hamda Messias "Speciya"ga qarshi o'ynamaydi.

Mavsumning qanday qismida ekanligimizni tushunib turibmiz, shu sababli Bennaserning safdan chiqqani juda sezilarli bo'ladi. Ismaning xarakteri kuchli, shu sababli u yanada kuchliroq bo'lib qaytishiga ishonaman", - dedi Pioli.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Milan TV