Pioli: "Ibragimovich hozircha "Milan"ning asosiy tarkibida o'ynay olmaydi"
18 okt 2021 20:58
Yangiliklar
Pioli: "Ibragimovich hozircha "Milan"ning asosiy tarkibida o'ynay olmaydi"
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli CHempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan "Portu"ga qarshi uchrashuvdan kutayotganlari haqida o'rtoqlashdi.
"Biz jiddiy raqib bilan to'qnash kelamiz. "Portu"da tezkor hujumchilar va o'yinga yaxshi tayyorlaydigan murabbiyi bor. Bu o'yin ikki jamoaga ham qiyin bo'ladi. Portugaliyaliklar bilan bo'lgan har ikkala uchrashuv biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin", - deydi Pioli.
SHuningdek, murabbiy jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovichning bo'lajak uchrashuvda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Ibragimovich hozircha "Milan"ning asosiy tarkibida o'ynay olmaydi. Ammo u asta-sekin tiklanmoqda", - dedi murabbiy.
"Portu"ning "Milan"ga qarshi o'yini 19 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
Fikrlar