So’nggi yangiliklar

12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  0 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  0 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  3 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  1 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  4 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  10 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  9 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  9 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  2

Pioli: "Anchadan buyon bu turnirda ishtirok etishni orzu qilamiz” Yangiliklar

Pioli: "Anchadan buyon bu turnirda ishtirok etishni orzu qilamiz”

“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli A seriyaning navbatdagi turida “Kalyari”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Biz uyda to'p tepamiz, bu bizga yordam beradi. Bellashuvdaga g'alaba nihoyatda muhim. Biz ushbu haftani ijobiy yakunlab, ko'plab savollarga javob olamiz. So'nnggi paytlarda jamoa yaxshi o'yin ko'rsatib, kerakli natijalarga erishmoqda. “Kalyari”ga qarshi o'yinda ham yigitlardan shunday harakatlarin kutaman.

CHempionlar ligasi – “Milan”ning uyi. Biz anchadan buyon bu turnirda qatnashmayotganligimiz bu turnirga qatnashish uchun bo'lgan qiziqishimizni yanada orttiradi.

Biz kuchli klub, “Kalyari”ga qarshi sifatli tayyorgarlik ko'rdik. Mag'lubiyatlardan keyin ham astoydil mehnat qilishda, o'zimizni yaxshi jihatlarimizni ko'rsatishga harakat qila oldik. Sening qo'lingda ishonchli tarkib bo'lsa, muvaffaqiyatsizliklarni tezda ortda qoldira olasan”, deya Piolining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Kalyari” klubi rasmiy sayti.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика