Pikening suratiga qaramay, Neymar hali yakuniy qaror qabul qilgani yo'q
24 iyu 2017 15:53
Yangiliklar
Pikening suratiga qaramay, Neymar hali yakuniy qaror qabul qilgani yo'q
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike "Tvitter"ga yuklagan surat Neymar atrofidagilarni ajablantirdi.
Braziliya terma jamoasi forvardi agenti va qarindoshlari suratning manosini tushunishmayapti. Unda Pike hamda Neymar aks etgan bo'lib, suratga quyidagicha izoh yozilgan: "U qoladi".
Ispaniyaning bazi nashrlari esa Neymar hali yakuniy qarorni qabul qilmagani haqida yozishmoqda.
Braziliyalikning "Barselona"dagi taqdiri so'roq ostida. Futbolchi xizmatlariga PSJ qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar