Pike yana bir klubni sotib oldi Yangiliklar

Pike yana bir klubni sotib oldi

Barselona himoyachisi Jerar Pike yana bir jamoaning egasiga aylandi, deya xabar beradi Sport.es

Manbaga ko'ra, futbolchiga tegishli bo'lgan Kosmos kompaniyasi «Ximnastik» jamoasining akciyalarini to'liq qo'lga kiritgan. Avvalroq, Pike Ispaniyaning beshinchi divizion vakili bo'lgan «Andorra» klubini sotib olgandi. 

Qayd etilishicha, «Ximnastik» kelasi mavsumdan boshlab «Andorra»ning zaxira jamoasi bo'ladi. SHuningdek, klubni qaytadan tuzish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Pike tennis bo'yicha «Devis Kubogi» musobaqasining tashkilotchisi ham hisoblanadi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика