
"Birinchi bo'limni yaxshi boshladik, ammo gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng jamoaning o'yinida nimadir o'zgardi. Tanaffusdan keyin yaxshiroq harakat qildik, chunki yo'qotadigan hech narsamiz qolmagan edi. Bu "Barselona" uchun dars bo'ladi.
Ter Shtegenning to'rtinchi goldagi xatosi? U oyoq bilan yaxshi o'ynashini bilamiz va ko'plab hujumlarni boshlab beradi. Har bir inson xato qiladi, ammo bu vaziyat uning o'yiniga ta’sir qilmaydi" - deydi Pike.