Pike: “Barsa”da “Real”ni dog'da qoldirish uchun barcha imkoniyatlar bor”

Eldor Akmurzayev
11 yanv 2022, 08:25
Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida 12 yanvarda “Real”ga qarshi bo'lib o'tadigan bahs oldidan “Barselona” himoyachisi Jerar Pike o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Hozir bizda yaxshi davr kechmoqda. Jamoa sifatida o'smoqdamiz. O'ylaymanki, “Real”ga qarshi yaxshi o'yin o'tkazish va Ispaniya Superkubogi finaliga chiqish uchun bizda barcha imkoniyatlar bor.

Ayni vaqt har bir g'alaba bizni yanada kuchaytiradi. Kubokni qo'lga kiritganimizdan keyin esa o'zimizga bo'lgan ishonch yanada ortishiga shubha yo'q. Bu kelayotgan oylarda jamoaga yaxshi ta’sir qiladi va yanada rivojlanishiga hissa qo'shadi”, deydi Pike.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport.es