Pike: "Agar "Real" Kubok finalini "Kamp Nou"da o'tkazganida, men bundan xursand bo'lar edim"
03 apr 2015 13:45
Yangiliklar


Pike: "Agar "Real" Kubok finalini "Kamp Nou"da o'tkazganida, men bundan xursand bo'lar edim"
"Barselona" himoyachisi Xerard Pikening takidlashicha, u "Atletik"ka qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya Kubogi final uchrashuvini "Santyago Bernabeu"da o'tkazishga rozi bo'lmayotgan "Real" qarorini tushunmayapti.
"Bu o'yin uchun "Real" nega o'z stadionini bermayotganiga tushunmayman. "Santyago Bernabeu"da o'ynashni istagan edim, chunki bu neytral arena. Agar hammasi aksi bo'lib, "Real" "Kamp Nou"da final uchrashuvini o'tkazganda, men bundan xursand bo'lar edim" - deydi Pike.

Fikrlar