So’nggi yangiliklar

11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  0 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  9 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  17 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  4 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  3 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3

Pichichi sovrinimi yoxud CHempionlar Ligasi Kubogi? Yangiliklar

Pichichi sovrinimi yoxud CHempionlar Ligasi Kubogi?

Bu safar Ronaldu shaxsiy sovrinni tanlaydimi yoki jamoaviy?

Pichichi sovrini haqida eshitganingiz tabiiy.

Pichichi sovrini — ispan nashri Marca tomonidan La Liganing eng yaxshi to'purariga topshiriladigan sovrin. U "Atletik Bilbao" hujumchisi Pichichi laqabli Rafael Moreno Aransadi nomiga qo'yilgan.


Albatta, uni qo'lga kiritish Krishtianu uchun yoqimli bo'lardi. Ayniqsa, chempionatdagi omadsiz startdan so'ng, deyarli barcha portugaliyalik tomon "tosh otgan", istaganicha tanqid qilib, axvol chatoq, maqsadlar esa etib bo'lmasdek ko'ringan vaqtda, Ronalduning "o'ziga kelishi" va yakunda bu sovringa ega chiqishi ajoyib javob bo'lardi. Ammo Pichichi Krishtianu uchun oddiy bir ovunchoq vazifasini o'tashi mumkin. Ha, Ronaldu istalgan jihatda Messini ortda qoldirishni istaydi, bu to'qnashuv atrofida shov-shuv ko'tarishni ayniqsa ispan OAV juda yaxshi ko'radi. Ammo, shu bilan birgalikda, Krishtianu yaxshi tushunib turibdiki, "Pichichi"ga ega chiqish yaxshi, ammo CHempionlar Ligasidagi g'oliblik ko'proq qadrlanadi va abadiy tarixda qoladi. Aynan shuning uchun ham portugaliyalik uchun hozirda – eng yaxshi to'purar bo'lish emas, CHempionlar Ligasi Kubogi muhimroq hisoblanadi.

Krishtianu Ronalduning rejalariga nazar tashlasak, chempionatning navbatdagi tur o'yini 31 mart kuni "Gran Kanariya" stadionida "Las-Palmas"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborish turibdi. Axir undan uch kun o'tib, Turinda CHempionlar Ligasi uchrashuvi. Hozir Lionel Messi to'purarlar bahsida Krishtianuni uchta golga ortda qoldirmoqda (20 yanvarda Ronaldu to'purarlar poygasida Messidan 14 ta golga ortda qolayotgandi), ammo Pichichi uchun poyga uchun portugaliyalik dam olish imkoniyati va "Yuventus"ga qarshi o'yinga to'liq tayyor bo'lish imkoniyatidan voz kechmaydi.


Bu mavsum "Real" uchun asosiy maqsad endi xalqaro arenada natija ko'rsatish. Sababi, La Ligadagi ikkinchi o'rin ham madridliklarni xursand qilmaydi. Krishtianu imkoni bor joyda shaxsiy sovrinlardan voz kechmaydi, ammo Madridda unga hammasidan ko'ra ko'proq obro' olib kelgan jihat, o'tgan mavsumning ikkinchi qismida o'zini ko'rsatgani, muhim gollari jamoaga sovrinlar keltirdi. Axir, aynan shu haqida Ronaldu orzu qilardi. Bugungi kunga kelib, Ronaldu tinmay mehnat qiladigan va oddiy o'yinlarda gol uradigan "mashina" bo'lishni emas, seshanba-chorshanba oqshomlari, finallar qiroli bo'lishni maqul ko'rmoqda.  

Krishtianu Ronaldu iloji boricha uzoqroq futbol dunyosi cho'qqisida qolishni va o'zga sayyoradan kelgan futbolchi ("Real Madrid" safida 429 o'yinda 444ta gol) deyishlarini istaydi. Buning uchun esa kuchini to'g'ri taqsimlashi muhim. Krishtianu o'tgan mavsum boshida ham, bunisida ham "start"da nisbatan kamroq gol urdi. Yangi Krishtianuning maqsadi - finallar. Birinchi davrada 4 ta gol urgan Ronaldu, ikkinchi davrada 18 bor raqiblarini xafa qildi.  

Krishtianu "Real" safida qatorasiga 8 o'yindan buyon kamida bitta gol urmoqda. Bu futbolchining "Madrid"dagi uchinchi eng yaxshi seriyasi va oxirgi to'rt yillikdagi eng yaxshisidir.      

Krishtianu Turindagi o'yindan avval "Las-Palmas" bilan o'yinni o'tkazib yuborish yaxshi qarorligini biladi. Agar "Las-Palmas"ga qarshi o'yin "Bernabeu"da bo'lganda, balki, rejalar biroz boshqacha tus olgan bo'lardi, ammo terma jamoa o'yinlaridan keyinoq uzoq safar va ortga uchish, Valdebebasda CHempionlar Ligasi uchrashuvidan oldin so'ngi mashg'ulot, keyin yana Turinga uchish... Fevralda 33 yoshga to'lgan Ronaldu o'zi uchun nima foydali va nima zararligini ajrata oladi.

Hozir, "Real Madrid" va Krishtianu Ronaldu uchun CHempionlar Ligasi muhimroq! Demak, Ronaldu o'sha o'yinlarga tayyor bo'lishi zarur.

Jamoa ECHLda qaergacha etib borishini bilmadimu, ammo tahmin qilib ko'raman: Krishtianu Ronaldu qaergacha olib bora olsa, o'sha ergacha. To'g'ri, futbol jamoaviy o'yin va "jang maydonida bitta askar urush taqdirini hal etmaydi" deyiladi, ammo... Oxirgi pley-off uchrashuvlariga nazar tashlang: "PSJ"ga (3ta gol), "Yuventus"ga (finalda 2ta gol), "Atletiko"ga (yarim finalda 3ta gol) va "Bavariya" darvozasiga (chorak finalda 5ta) gol urdi.

Tan olaylik, hozir "Real"da BBC ham yo'q, yana boshqa qandaydir uchliklar ham. Hujumda asosiy rollarda Krishtianu Ronaldu va ... Krishtianu Ronaldu. Qolganlar navbat bilan 2-3tadan omadli o'yin o'tkazishadi va Ronalduga ko'makchi vazifasini bajarmoqdalar.


Ha, inson sifatida Ronaldu egoistdir, ammo futbolchi sifatida hurmatga loyiq inson.      

"Real Madrid" esa Ronaldudan avval ham "Real" bo'lgan, Ronaldudan keyin ham o'sha-o'sha "Qirollik klubi" bo'lib qolaveradi, ammo bugungi kunda jamoa natijalari ko'p jihatdan portugaliyalik futbolchiga bog'liq.


Omonjon To'xtamirzaev.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика