So’nggi yangiliklar

14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  1 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  11 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1

O'zPFL 2021 yilgi moliyaviy hisobotni topshirdi Yangiliklar

O'zPFL 2021 yilgi moliyaviy hisobotni topshirdi

O'zbekiston professional futbol ligasi 2021 yilgi moliyaviy hisobotni taqdim etdi.

Hisobotni PFL Bosh direktori Diyor Imomxo'jaev boshlab berdi.

"Jurnalistika sohasidan chiqib kelganlar futbol mutaxassisi emas degan gapga qo'shilmayman. OFKda bir qator sobiq jurnalistlar faoliyat olib borishmoqda. Hozir PFLda ham ko'plab sobiq jurnalistlar ishlashmoqda. Ertaga hozir jurnalist bo'lib ishlayotganlar ham PFL va OFKda ishlashiga ishonaman", - dedi Diyor Imomxo'jaev

"O'z vaqtida Umid Ahmadjonov O'FAga kelganida PFL ishlash tizimi tubdan o'zgargandi. Abdusalom Azizov kelganidan keyin esa shaffoflik yuqori darajaga chiqdi", - Diyor Imomxo'jaev. 

2021 yilda PFL badal pullaridan jami 6 milliard 300 million so'm olishi kerak edi. Ammo klublar hozirgacha mana shu pullarning 1 706 300 000 so'mni berishmagan. Bu qarzdorlik yangi mavsum oldidan futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish vaqtida yopilgan bo'lishi shart.
Superliga - 4 900 000 000
Pro liga - 800 000 000
Birinchi liga - 600 000 000
Ayollar futboli - 0
Futzal - 0



"Tartib intizom qo'mitasida tajribali mutaxassislar ishlashadi. 2021 yilda intizomiy jarimalar jami summasi 494 500 000 so'm bo'ldi. SHundan 273 million so'mi hali to'lanmagan. Bir narsani aytishni xohlayman: intizomiy jarimalardan tushgan barcha pullar O'FAga o'tkaziladi va bu pullar bolalar o'smirlar futboli rivojlantirish uchun ishlatiladi", - Diyor Imomxo'jaev. 

"2021 yilda homiylardan jami 9 milliard 280 million so'm olishimiz kerak edi. Hozircha 430 million so'm bizgacha etib kelmadi. O'tgan yilda PFLga jami 15 milliard 725 million 200 ming so'm kelib tushishi kerak edi. Hozircha 2 milliard 869 million 300 ming so'm debitor qarzdorlik hisoblanadi", - Diyor Imomxo'jaev. 

"Endi hakamlarning safar va mehmonxonada yashash xarajatlarini ham PFL to'lashni rejalashtirmoqda", - Diyor Imomxo'jaev. 



"2021 yilda hakamlar, nazoratchilar, shtat xodimlari va shartnoma asosida ishlaydigan xodimlariga jami 10 millard 599 million 781 ming 960 so'm to'landi", Diyor Imomxo'jaev.

"O'tgan yil PFL futbol klublariga jami 1200ta, futzal klublariga 150ta futbol to'pini etkazib berdi. Bu to'plarni 1 milliard 481 million so'm evaziga xarid qilindi. Tolibjon Qosimov yozgan maqolani o'qidim, fikrlariga qo'shilaman. Biz ham har bir o'yinga yangi to'p berishni xohlaymiz, ammo buning xarajati juda katta bo'ladi. Balki 2022 yilda ikki marta to'plarni taqdim etarmiz, hozircha bu rejada", - Diyor Imomxo'jaev. 

"2022 yildan ikkinchi ligada g'olib bo'lgan har bir klub O'zbekiston kubogi saralash bosqichiga qo'yiladi", - Diyor Imomxo'jaev.

2021 yilda taqdirlash marosimlari uchun jami 710 738 060 so'm pul sarflandi. Kuboklar o'zimizning dizaynimiz bilan Gonkongdagi kompaniyada tayyorlanmoqda. Har bir kubok patentlangan, to'g'ri boshqa davlat kuboklaridan ilhomlanganmiz, ammo 100 foiz o'zimizning dizayn. Yangi mavsumdan futzal uchun yangi kubok tayyorlanmoqda", - Diyor Imomxo'jaev. 



O'tgan yil 12ta klubimiz OFK licenziyasini oldi. "Surxon" va "Mashal" projektor tufayli OFK licenziyasini ololmadi, "Navbahor" xorijiy murabbiylardan qarzdorlik tufayli ololmadi. "Buxoro" qanday qilib oldi deyishingiz mumkin. Javobi oddiy: OFK yangi yil uchun licenziya beradi, "Buxoro" stadioni tayyor, faqat maydoni yo'q. Klub OFKga maydoni qachon tayyor bo'lishini aniq qilib OFK platformasiga joyladi va OFK licenziya berdi. 

"2022 yilda OFK licenziyasini ololmagan Superliga klubi qaysi o'rinni egallashidan qatiy nazar quyi ligaga tushirib yuboriladi", - Diyor Imomxo'jaev.

"2021 yilda VAR texnologiyasi uchun jami 726 626 426 so'm sarfladik", Diyor Imomxo'jaev.

"O'tgan yil PFL jami 16 milliard 618 million 788 ming 437 so'm pul sarfladi", - Diyor Imomxo'jaev.

"Futzal chempionatini o'tkazish bizga faqat xarajatga tushmoqda, yani futzaldan foyda olmayapmiz. 2021 yilda futzal chempionatlari uchun 854 million 977 ming 025 so'm ishlatdik. Hozircha bu faqat xarajat, lekin yaqin orada biz futzal chempionatiga ham homiylarni jalb qilamiz", - Diyor Imomxo'jaev. 

"Men 2022 yil oxirida har bir klub ham shunday moliyaviy hisobot berishini xohlardim. Har bir futbolchi qancha maosh olayotganini aytmasin, umumiy maoshlar uchun qancha sarflanganini malum qilsa bo'ladi. Yig'inga qancha sarflandi, futbolchilar sotuvidan qancha pul ishlandi va hokazo", - Diyor Imomxo'jaev. 




Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика