So’nggi yangiliklar

08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  0 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  1 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  21 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  8 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  6 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72

PFL turli sabablar bilan 31-turning deyarli barcha o'yinlarini boshqa kunga ko'chirdi Yangiliklar

PFL turli sabablar bilan 31-turning deyarli barcha o'yinlarini boshqa kunga ko'chirdi

Superliga taqvimining 31-tur uchrashuvlari sanalarida bir qator sabablar tufayli o'zgarishlar yuz berdi.

Jamoalarning egallagan o'rinlaridan kelib chiqib, so'nggi ikki tur uchrashuvlarida o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi avvaldan aytib o'tilgandi.

So'nggi turda qayd etilgan natijalar “jon saqlash” guruhidagi vaziyatni keskin ko'rinishga keltirdi. Natijada bir-biriga bog'liq bo'lgan o'yinlar taqvimda yaqqol ajralib qoldi. Bungacha 23 noyabrga belgilangan “Qo'qon-1912” — “So'g'diyona” hamda 24 noyabrda o'tishi kerak bo'lgan “Nasaf” — AGMK bahslarini endi bir vaqtda o'tkazish mantiqliroqdir. SHundan kelib chiqib, mazkur uchrashuvlar 24 noyabr sanasiga tayinlandi.

O'zPFL Superliganing ikkinchi bosqich taqvimini tuzib chiqayotganida Ektor Kuper hamda MTJ masul vakillari bilan kelishib, o'yinlarni terma jamoalarga halal bermaydigan kunlarga tayin qilgandi. Buning natijasida shu kungacha ikkinchi bosqich taqvimiga qatiy amal qilib kelindi. Ammo O'zbekiston milliy termasining Avstraliya yig'inidan qaytib kelishi biroz cho'ziladigan bo'ldi. Endilikda bosh jamoa Toshkentga 23 noyabr kuni kechki payt etib keladi. Taqvim bo'yicha 25 noyabr kuni chempionlik o'yini bo'lishi kutilayotgan “Lokomotiv” — “Paxtakor” uchrashuvi o'tkazilishi kerak edi.

Mazkur masala yuzasidan “Paxtakor” futbol klubi O'zPFLga taklif bilan chiqib, uchrashuvni bir kunga kechiktirishni so'radi. SHuningdek, “Lokomotiv” futbol klubi bu taklifni qo'llab-quvvatladi. Mazkur jamoalar futbolchilari milliy termaning asosini tashkil etishi inobatga olinib, PFL ularning taklifini maqulladi va poytaxt derbisini 26 noyabrga ko'chirdi. Bu kabi markaziy o'yinlarda futbolchilarning to'liq kuch bilan harakat qila olishi asosiy faktordir.

SHuningdek, Navoiy kon metallurgiya kombinatining 60 yillik bayram tadbirlari munosabati bilan 15—23 noyabr kunlari Navoiy viloyatida katta bayram tadbirlari o'tkaziladi. Tadbirda xalqaro darajadagi mehmonlarning ishtiroki ham ko'zda tutilgan. Viloyat xokimi shu kuni barcha mehmonlarni “Qizilqum” ishtirokidagi o'yinga taklif qilish rejasini PFLga malum qildi. Malumki, “Neftchi” rasman Superligani tark etib ulgurdi, “Qizilqum” esa jon saqlab qolishga erishdi. SHundan kelib chiqib, 24 noyabrdagi “Qizilqum” — “Neftchi” uchrashuvi 23 noyabr sanasiga ko'chirildi.

Superliga, 31-tur
23 noyabr, juma

18:00 “QIZILQUM” — “NEFTCHI”

24 noyabr shanba
14:00 “BUNYODKOR” — “METALLURG”

25 noyabr, yakshanba
15:00 “QO'QON-1912” — “SO'G'DIYONA”
15:00 “NASAF” — AGMK
15:00 “BUXORO” — “NAVBAHOR”

26 noyabr, dushanba
18:00 “LOKOMOTIV” — “PAXTAKOR”

“Bunyodkor” va “Metallurg” jamoalari o'rtasidagi bellashuv kuni “Milliy stadion”da vazirliklar, davlat tashkilotlari o'rtasida o'tkazilayotgan Yoshlar ittifoqining “Do'stlik” spartakiadasi ham bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. SHundan va o'yinning shanba kunga to'g'ri kelgani inobatga olinib, “Bunyodkor”ning Bekobod klubiga qarshi o'yini vaqti 14:00 da start oladi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика