PFL taqvimida yana o'zgarish. Bu safar Pro-ligada
06 iyu 2023 22:13
Yangiliklar


PFL taqvimida yana o'zgarish. Bu safar Pro-ligada
Pro-liganing 1-davrasi yakuniy turi doirasidagi uchrashuv sanasi o'zgardi.
"Navbahor-Farm" jamoasi ushbu turda Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv aslida 11 iyun kuni o'tkazilishi kerak edi. Biroq o'sha kuni CAFA doirasida O'zbekiston - Ummon hamda Tojikiston - Turkmaniston termalari ishtirokidagi bahslar hamda futzal bo'yicha mamlakat chempionati so'nggi tur uchrashuvlari o'tkazilishi sababli ichki ishlar xodimlari bir kunda uch xil sport tadbirini o'tkaza olmasligini malum qilgan.
SHu bois Pro-liga 11-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Navbahor-Farm" uchrashuvi 11 iyun emas, balki, 10 iyun kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar