So’nggi yangiliklar

12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  2 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  19 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4

PFL: Superliga o'yinlarini faqat dam olish kunlariga belgilash ham amaliy, ham nazariy va ham jismoniy jihatdan to'g'ri kelmaydi Yangiliklar

PFL: Superliga o'yinlarini faqat dam olish kunlariga belgilash ham amaliy, ham nazariy va ham jismoniy jihatdan to'g'ri kelmaydi

Teglar :  PFLTaqvim
O'zbekiston futbol Associaciyasidagi islohotlardan so'ng ko'p narsa o'zgardi.

Musobaqa o'tkazish tizimi tubdan yangilandi, futbolchi va murabbiylarga, mutaxassislarga talablar kuchaytirildi. Bolalar va o'smirlar, ayollar futboliga, futzal o'yinlariga etibor yanada oshdi. Bularning bari birinchi navbatda muxlislar uchun, ularning madaniy dam olishlarini, futbolga bo'lgan manaviy ehtiyojlarini qondirish uchun amalga oshirilayotganligi sir emas.

Bugun elon qilingan Superliga-2018 taqvimi ham bundan mustasno emas. Umidjon Ahmadjonov futbol tashkilotiga rahbar etib tayinlanganidan so'ng, amaliy ishlarining dastlabkilaridan biri sifatida Superliga o'yinlarini dam olish kunlariga, ishdan keyingi vaqtlarga belgilashni vada qilgandi. Haqiqatdan ham yangi taqvimda o'yinlar boshlanishi kunini belgilashda asosiy urg'u juma, shanba va yakshanba kunlariga belgilashga qaratildi. Etibor bering, Superliga jamoalari o'rtasidagi chempionatning birinchi bosqichida 12ta jamoa ikki davraviy, 132ta uchrashuv o'tkazadi. SHundan atigi 24tasi hafta boshiga (dushanbada 5ta, seshanbada 8ta va chorshanbada 11ta) to'g'ri kelyapti, qolgan 108ta o'yin haftaning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan. Eng ko'p uchrashuvlar esa shanbaga (38ta) belgilanganligi ham muxlislar taklif va istaklaridan kelib chiqilganidan dalolat beradi.

O'zbekiston Kubogining 1/16 final, yani 32ta o'yini ham aynan yakshanba kunlariga belgilangan, qolgan bosqichlardagi bahslarning aksariyati ham haftaning oxirgi kunlarida o'tkazilishi malum qilingan.


Hozirgi taqvimdan kelib chiqib, ayrim uchrashuvlarning dushanba va seshanba kunlariga belgilanganini ko'rish mumkin. Takidlash joiz, 12ta klub ishtirok etadigan va yangicha formatda o'tadigan o'yinlarni faqat dam olish kunlarining o'ziga belgilash ham amaliy, ham nazariy va ham jismoniy jihatdan to'g'ri kelmaydi.

Qolaversa, mavsum davomida O'zbekistonning ikki klubining OCHL uchrashuvlarida ishtirok etishi, milliy terma jamoaning FIFA kunlari tashkil etadigan rasmiy va norasmiy o'rtoqlik uchrashuvlari bois, mavsum davomida ayrim uchrashuvlari dushanba va seshanba kunlariga to'g'ri kelishi tabiiy hol. Qolaversa, tig'iz taqvim tufayli futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilab borish kabi muhim masalalar taqvim tuzish jarayonida mutaxassislar tomonidan hisobga olingan.

Eng muhimi, milliy chempionatimizning asosiy davomiyligi yoz oylariga to'g'ri kelishini inobatga olsak, o'yinlarni 18.00dan oldin boshlamaslik haqidagi band Reglamentga kiritildi. Bundan keyin Superliga o'yinlari  kechki 18.00dan oldin boshlanmasligi belgilab qo'yildi.

Demak, bu yildan etiboran muxlislar maydonda kuchli, raqobatbardosh jamoalarning o'yinlarini o'zlari uchun qulay bo'lgan kunda va soatda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика