So’nggi yangiliklar

10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  6 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  20 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  17 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  125 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10

PFL qo'llayotgan jarima va jazolarda mantiq bormi? Yangiliklar

PFL qo'llayotgan jarima va jazolarda mantiq bormi?

Teglar :  PFLjarima
Superliga ham boshlanganiga bir oydan oshdi.

Bu vaqt oralig'ida 5-tur ham tugab, jamoalar 6-tur taraddudiga tushishdi. Hozircha taassurotlar yomon emas. Har bir o'yinda kutilmagan va g'ayri-tabiiy voqealar guvohiga aylanyapmiz. Bir qarasang, kimdir musht ko'targan, bir qarasang "kalla" qo'yadimiey. Aslida bu narsalar futbolda uchrab turadigan holat. Aynan shu jihati bilan ham futbolni millionlab insonlar yaxshi ko'rishadi, bu sport turiga oshno bo'lishadi. Agarda barchasi risoladagidek o'tib, shunchaki hamma maydonda hissiyotlarsiz futbol o'ynaganida, bu o'yin hech kimga qiziq bo'lmasdi. Aynan qiziqqonlik, hissiyotlar, keskin kurashlar futbolni bezab beradigan omillardan biri. Busiz iloji yo'q.

Bu bilan Ikrom Aliboev yoki Nivaldoning qiliqlarini oqlash niyatim yo'q. To'g'ri, ular bilan bo'lgan vaziyat yangilik emas. Yani, futbolda bu kabi holatlar barcha joyda va har turda uchrab turadi. Bu nimadan darak? CHunki Superliga qizg'in kurashlar ostida o'tmoqda. Har bir o'yinda futbolchilar avvalgiga o'xshab shunchaki to'p tepish uchun emas, haqiqiy kurashlar ostida o'tayotgan o'yinda borlarini berib o'ynashga intilishmoqda. Oliy ligani Superligaga aylantirishdan, chempionatni o'zgartirishdan maqsad nima edi? Ichki chempionatni kuchaytirish, to'g'rimi? Demak o'zgarishlar effekt berib, chempionat kuchaymoqda. Amaldagi chempion ketma-ket o'yinlarda ochko yo'qotmoqda. Natijada asabbuzarliklar, hissiyot va ehtiroslarni nazorat qilish oson kechmayapti. Jarayon shu darajaga chiqyaptimi, demak bu avvalo chempionat o'zgarganidan darak. PFL maqsadiga erishdi. Dastlabki 5-turdan keyin chempion "Loko" kuchli-oltitalikdan uzoqda. CHempionlik yo'lida favorit sifatida uloqni birinchi bo'lib olib ketishi kutilgan "Paxtakor" esa safardan mag'lub bo'lib qaytishga ko'nikib qoldi. "Nasaf" ketma-ket o'yinlarda ochkolarni boy bermoqda. Hech bir jamoaga oson bo'lmayapti. Buyog'iga ham kurash bundanda qizishi shart. Biz kutgan va xohlagan chempionat aslida shunday scenariy ostida o'tishi kerak. Hozircha shunday. Faqatgina "Bunyodkor" balansni buzib, asta-sekinlik bilan peshqadam sifatida oradagi farqni oshirish bilan ovora. Bu boshqa masala.

PFL yoki O'FA tartib-intizom qo'mitasi esa birin-ketin barchaga jarima solish, diskvalifikaciya qilish bilan band. To'g'ri, qoida yoki meyorni buzgan har qanday futbolchi yoki murabbiyga tegishli jazolar qo'llanilishi kerak. Bu har erda bor. Lekin muxlislarni haqoratli so'zlarini ishlatgani uchun klub qachongacha jabr ko'radi? PFL aytyaptiki, bizning jarimalar qo'llashdan maqsad tashkilot foydasiga moddiy manfaat emas, futbolning tomoshabopligini oshirish, muxlislarning stadionlarga tashrifi davomida futbolchi yohud murabbiylarning noxulqiy xatti-harakatlarini tomosha qilish emas, balki chinakam futbol spektakliga guvoh bo'lib, madaniy dam olishlarini taminlashdan iborat.

Xo'p, yaxshi. Moddiy foyda ishlash niyati bo'lmasa, shuni boshqa chorasi yoki yo'li yo'qmi? Masalan Buxoroda muxlislar jo'r bo'lib hakamni, jamoani haqoratlashdi. Bu kabi holatlar albatta juda xunuk. Lekin qo'llanilayotgan jarima g'alati. Klublar jarima to'lasa, emishki, muxlislar bilan ishlaydi, ularni tarbiyalaydi. Klublar har bir kelayotgan muxlisni stadionga kirishdan avval kundalikini tekshiradimi? Qani, "Odobnoma" yoki "Tarbiyaviy soat"dan bahoing qanday? Yoki o'yindan oldin tarbiyaviy soat darsi o'tadimi? Qaerda shunday tajriba bor? Muxlislar kimnidir haqorat qilishi har erda bor. Futbol hissiyotlarga boy o'yin. To'g'ri, bir muxlisni haqorati haqida gap ketmayapti, butun stadion jo'r bo'lib so'kkani aytilmoqda. PFLni jazo qo'llashiga etiroz yo'q. SHunchaki jazoda ham mantiq bo'lmog'i lozim. Butun stadion so'kdi, haqoratladimi? Ha. Demak "Buxoro"ni navbatdagi uy o'yinini muxlislarsiz o'tkazish jazosini qo'llash lozim. Yani, diskvalifikaciya. Bu jahon tajribasida mavjud. Yangi kashfiyot emas. PFL qo'llayotgan faqat millionlab jarimalar yangi kashfiyot. Aslida muxlislar qandaydir tartibsizliklar keltirib chiqarishsagina klubga jarima va sektorlar diskvalifikaciya qilinadi. Hozircha muxlislar kimdinir so'kkani yoki haqoratlagani uchun klubi jarima to'laginini eslolmadim. Yoki bunday xabarni o'qimaganman ekanman. Eng zo'r va muxlislarga ham tasir qiladigan jazo - bir o'yinlik diskvalifikaciya. O'shanda stadionga kiradigan ishqibozlar ham o'zlarini tutishni o'rganishadi, kimdir so'ksa, o'shalarga qo'shilib haqoratni davom ettirishmaydi. CHunki agarda jamoasiga ichi achisa, shunda uzoqni o'ylab keraksiz haqoratlarni o'rniga jamoasini qo'llab-quvvatlaydi. SHunda klub ham ortiqcha aziyat chekmaydi. Masalan "Buxoro"dek jamoa uchun 300 million hazilakam pul emas. Ayniqsa yangi Superligada harajatlar ko'paydi. Hozir hech bir klubni g'aznasida ortiqcha 300 million so'm bo'lmasa kerak. Har bir pulni tiyin-tiyinigacha o'ylab ishlatish lozim. PFL qo'yayotgan talablarni bajarish uchun ham pul har doimgidanda ko'proq kerak. PFL avvalo klublarni o'ylashi kerak emasmi? CHunki klublarsiz PFL hech kim. Bu erda kalta o'ylab emas, uzoqni ko'ra bilib qaror chiqargan maqul.

Klublarga qancha millionlik jarima qo'llanilsa ham ular muxlislarni emociyalarini o'yin vaqtida boshqara olishmaydi. Klublar muxlislar bilan ishlashi kerak. Qanday? Masalan muxlislar bilan ishlash deganda ularni jalb etish, jamoaga qiziqtira olish va hokazo tushuniladi. Ammo ularga tarbiyaviy soatdan dars o'tish klublarni majburiyatiga kirmaydi. Biz hammamiz madaniyatli xalqmiz. Futbolda esa nafaqat bizda, butun dunyoda bu kabi holatlar uchraydi. Bundan fojia yasamaslik lozim. Aksincha, superligaga qiziqib stadionga kelyaptimi, undan ko'ra ularga qulaylik yaratishni o'ylash lozim. Qo'llanilayotgan jarimalar klublarga zarardan boshqa narsa emas. PFL esa klublar qancha ko'p jarima to'lasa, shunda muxlislar bilan ishlashni yo'lga qo'yadi, deb xom o'ylamoqda. Mayli, ularni rejasini maqullaylik. O'tgan yili ham shunga o'xshash holat kuzatildi. Yana Buxoroda. Yana o'sha-o'sha jamoalar bilan o'yinda. Keyin jarima qo'llanildi. Natija bo'ldimi? "Buxoro" klubi muxlislar bilan ishladimi? CHunki bu samarasiz. Futbolga odamlar teatr ko'rgani kirmaydi.


Nima demoqchiman? PFL qilayotgan o'zgarishlar yaxshi. Muhimi, harakat bor. Lekin tanlangan yo'l biroz g'alati. Bazi qarorlari vaqtida, juda zo'r. Ko'rib, ha, ishlashyapti devorasan. Bazi qarorlari shunday g'alatiki, nima bo'lyapti, degan savol beixtiyor hayolinga keladi. Har joyda kamchilik va xatolar bo'ladi. Muhimi, o'sha xato va kamchiliklardan xulosa qilmoq lozim.

PFL Buxorodagi vaziyatni jiddiy o'rgangan. Bu yaxshi. Lekin tanganing ikkinchi tarafi ham bor. SHunday masuliyatli o'yinlarda PFL tajribali yoki o'yin tizginini qo'ldan chiqarmaydigan hakamlar tayinlashni qachon o'rganadi? To'xtasinovning bazi qarorlari aynan o'sha mahalliy muxlislarni asablarini jilovlay olishmaganiga sabab bo'ldi. Oddiy misol, "Paxtakor" himoyachisi Marko Simichning "Buxoro" futbolchisini yuziga tepgani uchun ham ogohlantirmadi. O'sha vaziyatda Simichga sariq kartochka ko'rsatish shart edi. PFL yangi reglamentni tuzgan va o'sha reglament bo'yicha jazolar qo'llamoqda. Gap yo'q. Ammo hakamlari ham futbol qoidalari bo'yicha futbolchilarni vaqtida ogohlantirib tursa vaziyat bu qadar chuqurlashmaydi. O'sha kuni Marko Simich o'yinni ogohlantirishsiz tugatganiga qoyil qoldim. Bosh hakam To'xtasinov esa Simichni SHahboz Erkinovga nisbatan ishlatgan qo'polligini ham ko'rmagan. Yoki SHavkat Salomov hakamni ushlab olgani To'xtasinov uni ogohlantirishga jazm eta olmadi. SHu kuni To'xtasinov o'yin tizgini dastlabki daqiqalardanoq qo'ldan chiqardi. Aks holda bu bahsda 10ta ogohlantirish ko'rmasdik. Aslida gap faqatgina klublarni muxlislari bilan ishlolmasligida emas, PFL kerakli uchrashuvlarga zarur hakamlarni tayinlashni bilmasligida ham. O'yinlarga hakamlarni tayinlaydiganlar uchun ham PFLda jazo bormikan?

PFL qancha qaror chiqarib, keyin uni qayta ko'rib chiqdi. Hattoki PRO-Liga formati va qurasi qayta o'tkazildi. Balki "Buxoro"ga qo'yilgan jarimani ham qaytadan ko'rib chiqish ayni muddao bo'lar?

Ikrom Aliboevning jarima masalasida, futbolchini diskvalifikaciya qilingani tushunarli. Jarima qo'yilgan, bu ham mayli. Lekin klublarga nega jarima belgilandi? Futbolchi qilgan xatosi uchun diskvalifikaciya qilindi va jarima to'lamoqda. AGMK va "Loko" klublariga nega jarima? Ahir, har bir xabarda jarimalardan maqsad tashkilot foydasiga moddiy manfaat emas, deb baralla aytilmoqda-ku!?

Futbolchilar, murabbiylar maydondagi harakatlari va undan tashqaridagi gaplari uchun juda qo'rqib qolishdi. Intervyu ham bermay qo'yishmoqda. CHunki nimadir deb yuborilsa, keyin yana jarima yoki diskvalifikaciya bo'lish ehtimoli ularni ichidagini gapini aytishga ham yo'l qo'ymayapti. Futbolimiz rivoji yo'lida nafaqat jurnalistlar, mutaxassislar, balki murabbiy va futbolchilarning ham erkin fikri juda muhim. Ularni ovozini "o'chirib" qo'yish futbolimiz rivojlanishini to'xtatib qo'yish bilan barobar. SHu boisdan ham PFL buyog'iga murabbiylar, futbolchilarning gaplari, maydondagi tabiiy jarayonlar bo'yicha biroz yumshoqroq munosabatda bo'lgani yaxshi. Ahir PFLni qilayotgan ishlariga, xato va kamchiliklariga soha mutaxassislari ham izoh berishsa foydadan holi bo'lmaydi.

Muallif :
Reyting: +102   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика