So’nggi yangiliklar

12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  0 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  1 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  12 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  17 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  40 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  99 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  19 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  11

PFL "Neftchi" - "Turon" uchrashuvi bo'yicha rasmiy bayonot berdi. Hakamga necha ball qo'yildi? Yangiliklar

PFL "Neftchi" - "Turon" uchrashuvi bo'yicha rasmiy bayonot berdi. Hakamga necha ball qo'yildi?

Kecha - 1 dekabr kuni Pro liganing so'nggi turi doirasida Farg'onaning “Neftchi” hamda Yaypanning “Turon” klublari o'zaro to'qnash keldi.

Mazkur bellashuv g'olibi Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishi kerak edi. SHundan kelib chiqib, uchrashuvning ahamiyati yuqori bo'ldi va u futbol jamoatchiligida katta qiziqish uyg'otdi.

O'FA Hakamlar va nazoratchilar bo'limi uchrashuvga tajribali SHavkat Nasibullaevni bosh hakam sifatida tanlab oldi. Unga qanotlarda Rishat Nugmanov hamda Doniyor Saylavov yordam berdi. Bellashuv hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgani, shuningdek, Pro liga g'olibini taqdirlash zaruriyati bor ekanidan kelib chiqib, O'zPFLning 8 nafar xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruh tashkil etilib, guruh o'yinni yuqori saviyada o'tkazish uchun Farg'onaga yo'l oldi. SHuningdek, O'zPFL so'rovi bilan O'FA Hakamlar va nazoratchilar bo'limi boshlig'i ham o'yinga jalb etildi.

“Neftchi” — “Turon” uchrashuvi kutilganidek shiddatli kechdi va unda mehmonlar 1:0 hisobida g'olib chiqib, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Murosasiz kechgan bahs yakunida hakamlarga nisbatan “Neftchi” futbol klubi futbolchilari hamda muxlislarining tajovuzkor hatti-harakatlari kuzatildi, maydonda tartibsizlik vujudga keldi. Ichki ishlar organlari xodimlarining sai-harakatlari sabab ko'ngilsiz holat tezda bartaraf etildi.

SHu kuni bellashuvni tomosha qilish uchun Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, shuningdek, viloyatning bir qator mansabdor shaxslari “Istiqlol” stadioniga tashrif buyurishgandi. Ko'ngilsiz voqeaning tezlikda bartaraf etilishida ularning hissasi katta bo'ldi. Bellashuv yakunida viloyat hokimining o'zi “Turon” futbolchilarini taqdirlash uchun maydonga chiqdi.

Bunga qadar tez tibbiy yordam uchrashuv hakamlariga yordam ko'rsatdi hamda ularning holatlarini tekshiruvdan o'tkazdi. SHu kuni hakamlar brigadasi va umuman uchrashuvda bevosita ishtirok etgan shaxslarning og'ir tan jarohati olishi holati kuzatilmadi. Bugun — 2 dekabr kuni uchrashuv rasmiylari O'zPFL vakillari bilan birgalikda Toshkentga qaytib keldi, ayni vaqtda ularning salomatliklari bilan bog'liq muammolar yo'q.

Bugunning o'zida O'FA Hakamlar va nazoratchilar bo'limi ekspertlari uchrashuvni o'rganib chiqdi. Uning burilish nuqtalari asosan uch vaziyatda yuz bergan:

- 14-daqiqada bosh hakam mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Mazkur vaziyatga hakam anchagina yaqin bo'lgani uning yutug'i bo'ldi va u haqli ravishda 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi;

- 45-daqiqada to'p “Turon” futbolchisining qo'liga tekkandek tuyuldi, o'rganishlar shuni ko'rsatdiki, hakam jarima belgilamay, to'g'ri qaror qabul qilgan. Sababi to'p futbolchining tana qismiga tekkan;

- 90-daqiqada to'p yana bir bor “Turon” futbolchisining qo'liga tekkandek tuyuldi. Takroriy lavha esa to'p futbolchining ko'krak va elka qismiga tekkanini ko'rsatdi, qolaversa, bu erda himoyachining qo'l tabiiy holatda turgandi. Hakamning bu qarori ham to'g'ri bo'ldi.

SHundan kelib chiqib, uchrashuvni yaxshi boshqarib borgan hakam 8.3 ballga loyiq ko'rildi, uning harakatlari yaxshi baholandi. O'zPFL bellashuvdagi provakacion harakatlarga uchmay, murakkab o'yinni boricha boshqarib borgan hakamlar brigadasiga o'z minnatdorchiligini bildiradi. SHuningdek, bugun O'zPFL mazkur ishni tegishli qo'mitalarda o'rganib chiqish hamda aybdorlarni jazolashni so'rab, ishni O'FAga oshirdi.

Kechagi kunning o'zida O'zPFL rasmiylari Farg'ona viloyati IIBB vakillari bilan muloqotda bo'ldi hamda qonunchilik asosida ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytardi. O'yindan keyin o'zini noprfessionallarcha tutgan mezbonlar vakillari va buning oqibatida taqiqlangan hududni kesib o'tgan futbol muxlislari bilan viloyat IIBB shug'ullanmoqda. Ayni vaqtda O'FA tegishli qo'mitasida ham, IIBBda ham ishni o'rganish uchun etarlicha dalillar mavjud. O'zPFL Pro liga uchrashuvlarini teletranslyaciya qilish orqali katta o'sishga erishdi. Bu borada biz UzReport telekanali bilan katta hajmdagi ishni bajardik. Kechagi bellashuv muxlislar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishiga shubha yo'q. Biz futbol muxlislaridan biror-bir qaror chiqarishda shoshilmaslikni iltimos qilamiz.

Ayni kunlarda O'FA Etika qo'mitasi hamda Maxsus inspekciyasi nohalol hakamlik masalasini ko'rib chiqishda davom etmoqda. Mana shunday vaqtda hakamlar brigadasi ham masuliyatni his qilib turibdi. Jamoaning har qanday muvaffaqiyatsizligiga faqatgina hakamlar aybdor bo'lavermaydi. Kechagi holat futbolda kam uchrasada, ammo uning bir qismi hisoblanadi. Uchrashuv avvalida ikki jamoa vakillari o'zaro kelishib oladi, hakamlar u yoki bu jamoaga yon bosadi, viloyat rahbarlari mazkur ishga tasir o'tkazadi kabi shubhalar o'z tasdig'ini topmadi. SHu kuni barchamiz murosasiz hamda keskin kurashlarga boy bo'lgan ajoyib futol uchrashuvi hamda muhitini tomosha qildik. Bundagi aybdorlar albatta o'z jazosini oladi. IIB hamda O'FA tegishli qo'mitalari o'z vakolatlari doirasida mazkur ishni o'rganib chiqadi hamda aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko'radi.

Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика