So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

PFL "Navbahor"ning yosh futbolchisini kechirdi Yangiliklar

PFL "Navbahor"ning yosh futbolchisini kechirdi

18 yoshgacha bo'lgan tarbiyalanuvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan mamlakat birinchiligi 5-turi doirasidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvida mezbonlar safida aslida Qarshi jamoasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan SHukurullo Xoldoraliev maydonga tushgan edi.

Mazkur o'yindan so'ng "Nasaf" vakillari O'zPFLga SHukurullo Xoldoralievning hali Qarshi shahri jamoasidan o'zining futbolchi pasporti va uning boshqa klubga o'tishiga "Nasaf"ning qarshi emasligi to'g'risidagi maxsus xat olmasdan "Navbahor" tarkibiga borib qo'shilganini malum qildi.

PFLning maxsus ishchi komissiyasi ushbu holat yuzasidan atroflicha tekshiruv olib bordi va yakunda SHukurullo Xoldoraliev "Navbahor"ga o'tish uchun hujjatlar tayyorlash jarayonida o'z futbolchi pasportining aslini taqdim etmagani va "Nasaf"dan ruxsatnoma olmagani malum bo'ldi.

Endi 17 yoshni qarshi oladigan SHukurullo Xoldoraliev mazkur holat yuzasidan PFLga o'z tushuntirishini berdi va qilgan xatosidan afsusda ekanini bildirdi. PFL hali uning yosh ekani va o'z aybini anglayotganini inobatga olib, SHukurullo Xoldoralievning "Nasaf"dan "Navbahor"ga qonuniy ravishda o'tishiga ruxsat berdi.

"Hali yosh bo'lganim tufayli oqibatini o'ylamasdan noto'g'ri ish qilib qo'ydim. Kattalar har qanday holatda ham qonuniy ish ko'rish lozim ekanini tushuntirishdi. Hujjat tayyorlash jarayonida buning qanchalik noqonuniy ekanini to'liq anglamasdan harakat qilgandim. Endi bundan afsusdaman. Bundan keyin hech ham ushbu holat qaytarilmasligiga vada beraman. Nima qilgan bo'lsa ham – barchasi futbol o'ynashda davom etish uchun edi. Men ushbu sport turini jon dilimdan yaxshi ko'raman. Bolaligimdan kelajakda futbolchi bo'lishni orzu qilganman. Umid qilamanki, professional o'yinchi bo'lib, katta jamoalarda yaxshi o'yin ko'rsatsam, meni barcha kechiradi", - dedi SHukurullo Xoldoraliev.

"SHukurullo – juda istedodli bola. U "Navbahor" yoshlari tarkibiga kelib qo'shilguniga qadar ancha muddat futbol o'ynamay qo'ygandi. "Nasaf"dan ketgach bu bola bir muddat umuman futbol bilan shug'ullanmadi. Keyinroq To'raqo'rg'ondagi "Yoshlik" jamoasi safida o'ynay boshladi. To'g'risi, SHukrulloning "Navbahor" U-18 jamoasi tarkibida ro'yxatdan o'tkazilishida biroz etiborsizlik qildik. Aslida bunday beetibor tarzda hujjat tayyorlash noto'g'ri, deb hisoblayman. Nima qilingan bo'lsa ham – barchasi shu yigitning katta futbol o'ynash orzusi amalga oshishi uchun edi. SHukrullo o'z xatosini anglab turibdi. Endi u o'zining mehnati bilan etuk futbolchi bo'lib etishish uchun qattiq harakat qilishi talab etiladi.  Biz murabbiylar ham unga to'g'ri yo'l ko'rsatishga urinamiz", - dedi "Navbahor" U-18 jamoasi ustozi Azam Rajabboev.

Takidlash joizki, SHukurullo Xoldoralievning yosh istedodli o'yinchi ekani va uning "Nasaf"dan ketgach futbol bilan shug'ullanishni to'xtatishi ehtimoli bor bo'lgani sababdan ham PFL uni jazolashni joiz topmadi. Zero yosh iqtidor egalariga to'g'ri yo'l ko'rsatish hammamizning ham burchimizdir. Lekin SHukurullo Xoldoraliev bundan buyon faqat qonun-qoidalar asosida faoliyat olib borishi lozim bo'ladi. Yo'qsa futbolchiga nisbatan jiddiy jazo choralari qo'llanadi.  PFL futbolchilarning u yoki bu klubdan boshqasiga o'tishida barcha masalalar qonuniy yo'l bilan hal etilishini qattiq nazorat qiladi.  


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика